IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA ORQA FRONT MEHNATINING IJTIMOIY VA HUQUQIY ASOSLARI

Mualliflar

  • Nargiz Kurbanova University of Economics and Pedagogy Author

Kalit so‘zlar:

Ikkinchi jahon urushi, O‘zbekiston, orqa front mehnati, mehnat safarbarligi, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlar.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda orqa front mehnatining ijtimoiy va huquqiy asoslari tarixiy manbalar hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda urush sharoitida mehnat resurslarini safarbar etish jarayonining umumxalq xarakteri, ayollar, o‘smirlar va keksalarning ishlab chiqarishdagi o‘rni hamda mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Arxiv hujjatlari va statistik ma’lumotlar asosida orqa front mehnatining miqyosi va samaradorligi ochib berilib, majburiy mehnat safarbarligining ijtimoiy-huquqiy oqibatlari baholanadi. Maqolada urush yillarida qabul qilingan davlat hujjatlarining orqa front mehnatini tashkil etishdagi ahamiyati asoslab berilib, mazkur tarixiy tajribaning zamonaviy favqulodda holatlarda mehnatni huquqiy tartibga solish uchun ilmiy-amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28