DESTRUKSIYANI IFODALOVCHI FE’LLARNING MOHIYATI VA O‘RGANILISHI

Mualliflar

  • Zamira Amonova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Author

Kalit so‘zlar:

destruksiya, destruktiv fe’llar, leksik-semantik maydon, semantik kategoriya, valentlik, funksional-semantik tahlil, metaforizatsiya, kognitiv yondashuv, yadro va periferiyа, diskurs.

Annotatsiya

Maqolada destruksiyani ifodalovchi fe’llarning leksik-semantik maydon tarkibiy qismi sifatidagi mohiyati va o‘rganilish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Rus, boshqird, nemis va o‘zbek tilshunosligida destruktivlik kategoriyasini tadqiq etishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinib, destruktiv fe’llarning semantikasi, valentligi, funksional-uslubiy xususiyatlari hamda kognitiv talqini yoritiladi. Ularni tasniflashda tizimli va funksional-semantik yondashuvlarga, shuningdek, semantik maydonning yadrosi va periferiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratiladi. Destruktiv fe’llarni ularning metaforik, diskursiv va pragmatik salohiyatini inobatga olgan holda kompleks tadqiq etish zarurligi ta’kidlanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28