1925-1940 YILLARDAGI SURXONDARYO OKRUGIDA IQTISODIY JARAYONLAR VA QISHLOQ XO‘JALIGINI TEXNIKA BILAN TA’MINLANISHI
Kalit so‘zlar:
Institutsional islohotlar, agromarkaz, Mashina-traktor stansiyalari, mexanizatsiyalash dinamikasi, irrigatsiya-melioratsiya,Annotatsiya
Ushbu maqolada 1925–1940-yillar oralig‘ida Surxondaryo okrugida kechgan iqtisodiy transformatsiyalar va agrar sektorni texnik modernizatsiyalash jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Sherobod agromarkazining institutsional asos sifatida shakllanishi, Mashina-traktor stansiyalari (MTS) parklarining kengayishi hamda "Toshselmash" zavodi tomonidan yetkazib berilgan texnikalarning hudud iqtisodiyotidagi roli yoritilgan. Muallif tomonidan qishloq xo‘jaligining an’anaviy usullardan industrial ishlab chiqarishga o‘tishi, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘orish tizimlarining takomillashishi arxiv materiallari hamda davriy matbuot manbalari asosida o‘rganilgan. Maqolada paxtachilikni mexanizatsiyalash darajasining dinamik o‘sishi, xususan, yer haydash, chigit ekish va kultivatsiya jarayonlarining avtomatlashuvi natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Xulosa qismida Surxondaryo vohasining respublika iqtisodiy qudratini oshirishdagi strategik ahamiyati asoslab berilgan.
Iqtiboslar
1. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 19-fond, 1-ro‘yxat, 45-ish, 6-varaq.
2. Ibrohimov G‘. Kompleks mexanizatsiya brigadalari. – Toshkent: 1958. – 14 b.
3. Ibrohimov G‘.A. Kompleks mexanizatsiya brigadalari. – Toshkent: «Qizil O‘zbekiston», «Pravda Vostoka» va «O‘zbekistoni Surx» birlashgan nashriyoti, 1961. – 28 b.
4. Rashidov G. 1938-yil: Toshkent salnomasi // Toshkent haqiqati. – 1975. – 28-avgust. – B. 4.
5. Гафт М.М. Бешинчи беш йилликда Ўзбекистонда пахтачикликнинг ривожланиши // Фан ҳақида суҳбатлар. №41-42. Ўзбекистон КП Марказий Комитети ҳузуридаги «Қизил Ўзбекистон», «Правда Востока» ва «Ўзбекистон Сурх» бирлашган нашриёти. – Тошкент, 1953. – Б. 4.