XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO ADABIY MUHITI VA UNING YETUK VAKILLARI IJODI
Kalit so‘zlar:
Buxoro adabiy muhiti, XIX asr adabiyoti, g‘azal, musaddas, ruboiy, ishqiy lirika, ijtimoiy motivlar, Muztarib, Bebok, Shohin, Hayrat, Sadriddin Ayniy., Bukhara literary environment, 19th-century literature, ghazal, musaddas, rubai, love lyrics, social motifs, Muztarib, Bebok, Shohin, Hayrat, Sadriddin Ayni.Annotatsiya
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro adabiy muhitida yashab ijod qilgan bir qancha shoirlar ijodi tahlil qilinadi. Bulardan, Mullo Abdumajid Muztarib, Abdulloboqiyxo‘ja Nozim (Bebok), Shamsiddin Muhammad Shohin, Muhammad Siddiq Hayrat hamda Sadriddin Ayniy ijodining badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari ochib beriladi. Ijodkorlar asarlarida ishqiy lirika, ijtimoiy adolatsizlik, hijron, kimsasizlik va zamona nosozliklariga munosabat masalalari tahlil qilinadi. Buxoro adabiy muhiti o‘zbek va tojik adabiyotining rivojida muhim bosqich bo‘lgani ilmiy asosda muhokama qilinadi.
Iqtiboslar
1. Vohidov C. Buxoriylar bo‘stoni. – Buxoro: Yozuvchi, 1998. – 139–140-betlar.
2. Ayniy S. Tanlangan asarlar (15 jildlik). – Dushanbe: Irfon, 1970–1978.
3. Karimov N. XIX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Fan, 1988.
4. Hayitmetov A. O‘zbek mumtoz adabiyoti masalalari. – Toshkent: Fan, 1991.
5. Qosimov B. Buxoro adabiy muhiti va ijodkorlar. – Toshkent: Akademnashr, 2005.