NUTQ JARAYONIDA NOVERBAL MULOQOTNING MAZMUNIY TAVSIFI VA UNING PEDAGOGIK OMILLARI
Kalit so‘zlar:
nonverbal communication, nonverbal interaction, body language, facial expression, gesture, eye contact, facial expressions, vocal intonation, proxemics, pedagogical communication, classroom communication, teacher mastery, communicative competence, cultural context, teaching effectiveness.Annotatsiya
Ushbu maqolada noverbal muloqotning mazmun-mohiyati, uning tarkibiy unsurlari hamda pedagogik jarayondagi ahamiyati yoritiladi. Noverbal muloqot so‘zsiz amalga oshiriladigan kommunikatsiya shakli sifatida talqin qilinib, yuz ifodasi, imo-ishora, tana tili, ko‘z harakati, ovoz ohangi, fazoviy masofa va tashqi ko‘rinish kabi vositalarning axborot uzatishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada noverbal signallar insonning his-tuyg‘usi, kayfiyati, munosabati va niyatini ifodalashda muhim vosita ekani, ayrim hollarda verbal xabardan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi asoslanadi. Shuningdek, noverbal muloqotning madaniy kontekstga bog‘liqligi, ya’ni turli jamiyatlarda bir xil imo-ishora va harakatlarning turlicha talqin qilinishi masalasi yoritiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi noverbal muloqot sinf muhitini boshqarish, o‘quvchi diqqatini jalb qilish, qiziqish va qarama-qarshilik signallarini anglash hamda dars samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida baholanadi. Maqolada noverbal vositalardan ongli va maqsadga muvofiq foydalanish o‘qituvchining kommunikativ kompetensiyasi va pedagogik mahoratini kuchaytirishi ta’kidlanadi.
Iqtiboslar
1. Андрианов М. Невербальная коммуникация. — М.: Институт общегуманитарных исследований, 2015.
2. Кененбаев Е.Т. Невербальная коммуникация в социальной жизни общества // CyberLeninka, 2019.
3. Мартынова Е.М. Невербальная коммуникация: теории и мнения // CyberLeninka, 2014.
4. Морозов В.П. Искусство и наука общения: невербальная коммуникация. — М.: Институт психологии РАН, 1998. (PDF)
5. Собирова Н. Н. Невербальная коммуникация // Проблемы современной науки и образования, 2021.
6. Hall J.A., Horgan T.G., Murphy N.A. Nonverbal Communication // Annual Review of Psychology. — 2019. — Vol. 70. — P. 271–294.
7. Hinde R. A. (ed.) Non-verbal Communication. — Cambridge: Cambridge University Press, 1972.
8. Manusov V. Nonverbal Communication // The International Encyclopedia of Communication Theory and Philosophy. — John Wiley & Sons, 2016.