ABDULLA QODIRIY NASRINING JANR XUSUSIYATLARI VA O‘ZBEK ROMANCHILIGI SHAKLLANISHI

Mualliflar

  • Nargiza Mirzayeva O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Abdulla Qodiriy, o‘zbek adabiyoti, o‘zbek romanchiligi, badiiy nasr, publitsistika, hajviy asarlar, milliy uyg‘onish, jadidchilik, badiiy tafakkur, adabiy jarayon.

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Adibning badiiy va publitsistik merosi, xususan, roman, hikoya, ocherk, drama hamda hajviy asarlari o‘zbek adabiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning publitsistik faoliyati, matbuotdagi chiqishlari va hajviy asarlarida o‘sha davr ijtimoiy-madaniy muhitining aks etishi masalalari tahlil qilinadi. Maqolada yozuvchining “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari hamda boshqa badiiy asarlari misolida uning badiiy mahorati, milliy romanchilik maktabini shakllantirishdagi roli va adabiy jarayonga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Abdulla Qodiriy ijodi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim bosqichni tashkil etgani va milliy badiiy tafakkurning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani aniqlanadi.

Iqtiboslar

1. Behbudiy M. Padarkush. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999.

2. Fitrat A. Bayonoti sayyohi hindi. – Toshkent: Sharq, 2001.

3. Fitrat A. Munozara. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.

4. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

5. Lutfulla Olimiy. Hajviyot maydonida. - Farg‘ona. 1924 yil. 181-son.

6. Qo‘shjonov M. Abdulla Qodiriy mahorati. – Toshkent: Fan, 1988.

7. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.

8. Qodiriy A. Obid ketmon. – Toshkent: Sharq, 2016.

9. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2018.

10. Qodiriy A. Diyori bakr. - T.: Yangi asr avlodi, 2007.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-03-05