MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARDA VERBAL AGRESSIYANI OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI
Kalit so‘zlar:
milliy qadriyatlar, verbal agressiya, kommunikativ madaniyat, talabalar muhiti, pedagogik texnologiya, profilaktika, empatiya, konfliktologiya, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya.Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kuzatilayotgan verbal agressiya holatlarining ijtimoiy-psixologik, kommunikativ va aksiologik omillari milliy qadriyatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan. Zamonaviy globalizatsiya sharoitida axborot bosimi, virtual muloqotning ortishi, individualistik qarashlarning kuchayishi va ijtimoiy munosabatlarda ma’naviy me’yorlarning zaiflashishi talabalar nutq madaniyatida agressiv tendensiyalarni shakllantirishi ilmiy asoslangan. Shu nuqtai nazardan, milliy madaniy meros, an’anaviy axloqiy tamoyillar, muomala madaniyati, hurmat-e’tibor, bag‘rikenglik va hamjihatlikka tayangan tarbiyaviy-pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali verbal zo‘ravonlikni profilaktika qilishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Iqtiboslar
1. Turdialiyeva S. Milliy qadriyatlar maʼnaviy mustahkamlik asosidir //yangi o ‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. – 2025. – Т. 3. – №. 2. – С. 532-535.
2. Xolmatova A., Xayrullaeva X. Milliy qadriyatlar yoshlar tarbiyasidagi o’rni //Pedagogs. – 2025. – Т. 81. – №. 1. – С. 41-46.
3. Sobitjonova K. " ommaviy madaniyat" va milliy qadriyat //International Conference on Economics, Finance, Banking and Management. – 2025. – С. 330-334.
4. Vasenina I. V., Kuleshova N. S., Pronchev G. B. Verbal aggression in virtual social environments //Astra Salvensis. – 2018. – Т. 6. – С. 29-37.
5. Po‘latova N., Nurulloyev T. O ‘smirlarda agressivlik namoyon bo ‘lishining psixologik xususiyatlari //Наука и технология в современном мире. – 2025. – Т. 4. – №. 17. – С. 99-103.