RUS VA INGLIZ MANBALARIDA SAYYID ABDULAXADXONNING IMPERIYAVIY REPREZENTATSIYASI VA SIYOSIY OBRAZI (1885–1910)
Kalit so‘zlar:
Buxoro amirligi, Sayyid Abdulahadxon, siyosiy portret, hokimiyat reprezentatsiyasi, rus protektorati, imperiya protokoli, rus manbalari, inglizzabon sayohatchilar.Annotatsiya
Maqolada XIX asr oxiri — XX asr boshidagi rus va inglizzabon manbalar hamda qiyosiy tahlil uchun ilmiy muomalaga kiritilgan ayrim rus tilidagi tadqiqotlar asosida Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxonning (1885–1910) siyosiy obrazi rekonstruksiya qilinadi. E’tibor markazida nafaqat Buxoro amirligining Rossiya imperiyasiga qaramligi masalasi, balki eng avvalo hokimiyatni reprezentatsiya qilish mexanizmi turadi: taxt vorisligi bilan bog‘liq marosimlar, imperiya markazlariga safarlar, saroy marosimiyligi, hadya-sovg‘a va xayriya amaliyotlari, shuningdek, monarxik maqomning vizual-simvolik bezagi. Rus va inglizzabon tasvirlarda hukmdorning ambivalent obrazi shakllanishi ko‘rsatiladi: bir tomondan, imperiyaga sodiq va pragmatik aktor, sulolaviy hamda islomiy legitimlikni saqlab qoluvchi siyosiy arbob sifatida, ikkinchi tomondan esa, tuzumning strukturaviy cheklovlarini ramziy va reprezentativ resurslar orqali kompensatsiya qiluvchi monarx sifatida. Metodologik jihatdan maqola janr farqlarini (publitsistika, sayohat qaydlari, xotira-etnografik tasvirlar, siyosiy-ma’muriy matnlar) inobatga olgan holda narrativlarni qiyosiy o‘qishga tayanadi.
Iqtiboslar
1. Чернов О. А. Деятельность российского политического агента Н. В. Чарыкова в Бухарском эмирате // Известия Саратовского университета. Новая серия. Серия: История. Международные отношения. 2008. Т. 8. Вып. 1. С. 4-5
2. Цвилинг Г. Бухарская смута // Средняя Азия. 1910. No. 2-3. С. 79-132.
3. Логофет Д. Н. Бухарское ханство под русским протекторатом. СПб.: Санкт-Петербург, 1911. С. 231-235.
4. Шубинский П. Очерки Бухары // Исторический вестник. Санкт-Петербург. 1892. Выпуск. 49. С. 118-141.
5. Дмитрий Кавказский. По Средней Азии. Записки художника. СПб.: Издание А. Ф. Девриена, 1894. С. 93-94.
6. Недвецкий А. Г. Правители Бухары. 2018 // https://greylib.align.ru/410/a-g-nedveckij-praviteli-buxary.html
7. Curtis W. E. Turkestan: The Heart of Asia. New York, 1911. С. 120-126.
8. Kemp E. G. The Face of Russian Turkestan. London, 1910. С. 222-223.
9. Norman H. All the Russias. New-York, 1902. С. 288-308.
10. Olufsen O. The Emir of Bukhara and His Country. London, 1911. С. 574-582.
11. Rickmer Rickmers W. The Duab of Turkestan. London, 1913. С. 596-602.
12. Skrine C. L., Ross E. D. F. The Heart of Asia: A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliest Times. London, 1899. С. 384-386.