SOMERSET MOEM HIKOYACHILIGINING ESTETIK XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
Moem hikoyachilik mahorati, estetik xususiyat, psixologik realizm, syujet, uslub, ironiya, xarakter, dramatic intensity.Annotatsiya
Somerset Moem XX asr ingliz adabiyotining eng sermahsul va o‘z uslubiga ega hikoyachisi sifatida jahon adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Mazkur ilmiy izlanishda yozuvchining hikoyachilik mahorati estetik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Maqolada adib hikoyalarining poetik tuzilishi, syujet qurilishi, qahramonlar psixologiyasini ochishda qo‘llaniladigan badiiy vositalar hamda yozuvchining o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Moemning hikoyachilikdagi asosiy estetik tamoyillari - voqelikni xolisona tasvirlash, psixologik realizm, dramatik zarbalar orqali kulminatsiyaga erishish va ironiya - “Malla”, “Chandiqli kishi”, “Ruhoniy”, “Nonushta” va “Chumoli bilan chigirtka” hikoyalari misolida izchil tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yozuvchining sodda, aniq va lo‘nda nasr uslubi uning estetik dasturining muhim qismi sifatida o‘rganiladi. Tadqiqot Moem hikoya janridagi mahorati haqida J. Oruell, S. Hastings, J. Meyers, D. Makkarti, Ch. May kabi adabiyotshunoslarning fikrlarini o‘rganib, yozuvchining ingliz hikoyachiligidagi yuksak ijodini belgilab berishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar
1. Orwell. G. Autobiographical Note - Twentieth Century Authors - New York.: Stanley J. Kunitz and H. Haycraft. New York: H.W. Wilson & Co., 1942.
2. MacCarthy. D. Somerset Maugham: The English Maupassant - Nash’s Pall Mall Magazine, Vol. 91, May 1933.
3. Connolly. C. Enemies of Promise - London.: Routledge & Kegan Paul, 1938.
4. Meyers. J. Somerset Maugham: A Life - New York.: Alfred A. Knopf, 2004.
5. May. C.E. Masterplots II: Short Story Series. Revised Edition - Pasadena.: Salem Press, 2004.
6. Hastings. S. The Secret Lives of Somerset Maugham - London.:John Murray, 2009.
7. Maugham. W.S. The Summing Up - London.: Heinemann, 1938.
8. Maugham. W.S. A Writer's Notebook - London.: Heinemann, 1949.
9. Maugham W.S. The complete short stories - Great Britain.: Bookprint Limited by London and Crawley, 1967.
10. Maugham W.S. Sixty-five short stories - Great Britain.: William Clowes Limited, Becclass and London, 1988.