DIDAKTIK JARAYONNI GEYMIFIKATSIYA QILISHDA LOYIHA-METODIK YONDASHUV VA UNING STRUKTURAVIY KOMPONENTLARI
Kalit so‘zlar:
geymifikatsiya, loyiha-metodik yondashuv, didaktika, o‘yinlashtirish, ta’lim texnologiyalari, motivatsiya, loyiha komponentlari, faol o‘rganish.Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda keng qo‘llanilayotgan geymifikatsiya jarayonini loyiha-metodik yondashuv asosida tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – didaktik geymifikatsiyani samarali tashkil etish uchun loyiha-metodik yondashuvning strukturasi, uning komponentlari va ularning o‘zaro bog‘liqligini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, tizimli yondashuv va loyiha-metodikasi usullaridan foydalanilgan. Natijada, geymifikatsiya qilingan ta’lim loyihasini tashkil etishda loyiha-metodik yondashuvning to‘rt bosqichli modeli taklif etiladi, uning har bir bosqichida o‘quv maqsadlariga mos keladigan o‘yin mexanizmlari integratsiyasi tavsiflangan. Xulosa qilib, loyiha-metodik yondashuv asosida tashkil etilgan geymifikatsiya nafaqat o‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligini oshiradi, balki ularning kommunikativ, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, shuningdek, o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.
Iqtiboslar
1. Sh. A. Ro‘zaliyev Informatika turkum fanlarini o‘qitishda geymifikatsiyadan foydalanish bosqichlarini axborotlarni qayta ishlash va uzatish asosida tashkil etishning metodik jihatlari. FarDU. ILMIY XABARLAR 2024-yil 3-son, Ilova to‘plam.
2. Sh. A. Ro‘zaliyev “Geymifikatsiya” va “didaktik jarayonlar”ning metodik tavsifi. FarDU. ILMIY XABARLAR 2023-yil, 1-son.
3. Ro‘zaliyev Sh. Teoritical and metohodological basis of modeling didactik processes based on gamification technologies.
4. Seaborn, K., & Fels, D. I. Gamification in theory and action: A survey. International Journal of Human-Computer Studies, 74, 14-31.2015.
5. Selevko, G.K. Педагогические технологии на основе активизации, интенсификации и эффективного управления УВП. М.: НИИ школьных технологий.2005.
6. Werbach, K., & Hunter, D. For the Win: How Game Thinking Can Revolutionize Your Business. Wharton Digital Press.2012.
7. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy ta’lim texnologiyalar. Toshkent: “Fan va texnologiya”.2020.
8. Xolmuhamedova M.A.Ta’limda innovatsion yondashuvlar: nazariya va amaliyot. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 3(12), 45-51.2021.
9. Deterding, S., Dixon, D., Khaled, R., & Nacke, L. From game design elements to gamefulness: defining "gamification". Proceedings of the 15th International Academic MindTrek Conference: Envisioning Future Media Environments.2011.