RAQAMLI EGIZAK (DIGITAL TWIN) TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA BO‘LAJAK ELEKTR MUHANDISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH
Kalit so‘zlar:
raqamli raqamli egizak, raqamli texnologiyalar, bo‘lajak elektr muhandisi, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, elektrotexnika ta’limi, modellashtirish, avtomatlashtirish, ta’lim jarayoni, ilmiy-pedagogik yondashuv.Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak elektr muhandislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli egizak (digital twin) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli ta’lim muhitida ushbu texnologiyaning elektr muhandisligi ta’limidagi o‘rni, ayniqsa elektr mashinalari, avtomatlashtirish tizimlari va elektrotexnik jarayonlarni modellashtirishdagi didaktik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda raqamli egizak texnologiyalari yordamida talabalar nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, mustaqil tahlil, boshqaruv va muhandislik qarorlarini qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirish masalalari ochib berilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola natijalari texnik oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalar asosida kasbiy ta’limni modernizatsiya qilishda muhim ilmiy-pedagogik ahamiyatga ega.
Iqtiboslar
1. “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.09.2025 yiladagi PQ-278-son
2. A.Axmedov Ta’lim jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.2025-yil №6-son Makon va Zamon jurnali 183-185.bet ISSN 3030-3974 Toshkent.
3. A.Akhmedov Prospects for the Use of Magnetoamorphic Materials for Energy Saving In the No-Load Operation of Transformers. International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 2643-9670Vol. 6 Issue 1, January - 2022, Pages:161-163.
4. A.Parsokhonov, A.Akhmedov, and O.Nurullaev An Alternative Renewable Energy Sourse: Thermal Expansion and Contraction of Materials. Online Journal of Engineering
5. Sciences, 4(1), 1-12. DOI: 10.31586/ojes.2025.6087.
6. Pirmatov Nurali, Mirzaev Uchkun,and A.Akhmedov “Mathematical Model Of An Asynchronous Motor In Full-Phas Operation” International Journal of Engineering and Information Systems” (IJEAIS) ISSN: 2643-640X Vol.5 Issue 3, March - 2021, Pages: 10-14
7. A.Parsokhonov, A.Akhmedov, and O.Nurullaev Electricity generation using thermal expansion and contraction of matters at high pressures. AIP Conf. Proc. 3256, 050006 (2025) https://doi.org/10.1063/5.0266802.
8. A.Axmedov, O.Mamasaliyev Avtomatik tozalash qurilmasini masofadan bluetooth orqali boshqarish tizmining dasturi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Mualliflik guvohnomasi №DGU 202406506 Toshkent, 17.05.2024 yil
9. Axmedov Abdurauf Abdug‘ani o‘g‘li “Bo‘lajak elektr muhandislarning kasbiy kompetentligini raqamli egizak (DigitalTwin) texnologiyalari asosida rivojlantirishga mo‘ljallangan o‘quv-dasturiy majmua” “DigitalTwin_EduPower” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Mualliflik guvohnomasi № DGU 60569 Toshkent, 04.02.2026 yil