MODERNIZM TURKIY MATBUOT VA ADABIYOTDA: “MUSHTUM” VA “MULLA NASRIDDIN” JURNALLARI MISOLIDA

Mualliflar

  • Fazilat Muhammadiyeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Author

Kalit so‘zlar:

turk adabiyoti, matbuot, Mushtum, Molla Nasriddin, modernizm, ijtimoiy tanqid, G‘arb ta’siri, satira, madaniy uyg‘onish, XX asr boshlaridagi turkiy matbuot.

Annotatsiya

Ushbu maqolada turkiy xalqlarning adabiy va matbuot merosida modernizm g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishida satirik nashrlarning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, XX asr boshlarida faoliyat yuritgan “Mushtum” (O‘zbekiston) va “Mulla Nasriddin” (Ozarbayjon) jurnallari orqali G‘arb adabiyoti hamda tanqidiy tafakkurning turkiy xalqlar ongiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Bu nashrlar vositasida modern adabiyotga xos bo‘lgan ijtimoiy tanqid, islohot g‘oyalari, erkinlik va adolat, zamonaviylik va ilm-fan kabi mavzular keng ommaga yetkazilgan. Mazkur nashrlarning turkiy adabiyotda G‘arb ta’siri bilan yuzaga kelgan yangilanish jarayonining ijtimoiy-madaniy zaminini yoritishda qanday vosita bo‘lgani ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rsatib berilgan. Turk matbuoti bilan adabiyoti o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik ochib berilar ekan, tarixiy kontekstda modernizm va fikriy uyg‘onishning taraqqiyotdagi o‘rni ham tahlil qilingan.

Iqtiboslar

1. Karimov, B. Jadidlar. Abdulla Qodiriy. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi.2022.

2. Komilova, H. Jadidlar faoliyatida ma’rifatparvarlik va barkamol avlod tarbiyasi masalalari. 2021.

3. Jabborov, N. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyoti. 2020.

4. Mulla Nasriddin. Qizlarimiz bilimli boʻlsa... Mulla Nasriddin, 20 (son).1907.

5. Mulla Nasriddin. 12 yoshida. Mulla Nasriddin, 28 (son).1924.

6. Mulla Nasriddin. Amerikada ixtiro qilingan mashina haqida. Mulla Nasriddin, 37 (son).1929.

7. Mulla Nasriddin. Mulla Nasriddin, 28 (son).1929.

8. Mushtum. Yeng uchidagi savod. Mushtum, 18 (son).1931.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-03-05