FATMA SHENGIL SHE’RIYATIDA RAMZIY OBRAZLAR VA FALSAFIY MAZMUN
Kalit so‘zlar:
Fatma Shengil, zamonaviy turk she’riyati, ramziy-allegorik obrazlar, falsafiy lirika, diniy motivlar, hayot va o‘lim konsepsiyasi, badiiy-estetik tahlil, ma’naviy qadriyatlar.Annotatsiya
Maqolada zamonaviy turk adabiyotining yetuk vakili shoira Fatma Shengilning she’riy asarlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida shoiraning “Qora suv” nomli to‘plami haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari “Ikki marta bir qo‘shiq” nomli she’ri tahlilga tortilib, uning badiiy-estetik xususiyati, ramziy-allegorik shakli va falsafiy-diniy qatlamlari ko‘rib chiqiladi. Izlanishlar natijasida shoira she’riyatining milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, islomiy dunyoqarash elementlarining ijodiga ta’siri, shuningdek, she’rlarida Sharq klassik adabiyoti an’analarining zamonaviy poetik shakllarda namoyon bo‘lishi aniqlangan. Shoira asarlarida inson hayoti va uning taqdiri, axloqiy poklik va gunohkorlik, iymon va o‘tkinchi dunyo ne’matlariga berilganlik, ma’naviy komillik kabi abadiy mavzular o‘ziga xos poetik talqinda yoritilgan.
Iqtiboslar
1. Sengul F. Su Sihah. İstanbul:Okur Kitaplığı 2020. 72 s.
2. Sengul F. Söyle Sesizlik. İstanbul:Okur Kitaplığı, 2015. 88 s.
3. Navoiy A. Hayrat ul-abror. - Toshkent: G.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990. 464 b.
4. G‘azzoliy Abu Homid Muhammad. Ihyou ulumid-din. O'limni eslash kitobi. Toshkent: Movarounnahr, 2008. 384 b.
5. Uzanan Köprü. Türk Edebiyatında Modernite ve Gelenek Çatışması: Geçmişten Geleceğe Uzanan Köprü