AKSIOLINGVISTIKA: TIL VA QADRIYATLAR O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Kalit so‘zlar:
aksiolingvistika, qadriyat, til va madaniyat, aksiologiya, lingvokulturologiya, milliy qadriyatlar, semantik tahlil, madaniy kod, til birliklari, milliy mentalitet.Annotatsiya
Mazkur maqolada aksiolingvistika — til va qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadigan lingvistik yo‘nalish sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda til birliklari orqali jamiyatda shakllangan axloqiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarning qanday ifodalanishi hamda ularning nutq jarayonida namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tilning nafaqat kommunikativ vosita, balki jamiyatning qadriyatlar tizimini aks ettiruvchi muhim madaniy mexanizm ekanligi asoslab beriladi. Maqolada qadriyatlarning leksik birliklar, frazeologizmlar, maqol va matallar hamda badiiy matnlar orqali ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida aksiolingvistik yondashuv asosida til birliklarining semantik va pragmatik jihatlari ko‘rib chiqilib, ular orqali milliy mentalitet va madaniy qarashlarning aks etishi yoritiladi. Natijada til va qadriyatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy jihatdan asoslanadi hamda aksiolingvistikaning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Iqtiboslar
1. Graeber D. Toward an Anthropological Theory of Value. The False Coin of Our Own Dreams, New York: Palgrave Macmillan, 2001, 317 p.
2. Komilova G. Hayot-buyuk qadriyat sifatida // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, 2021, 2-son.- B.209.(208-212)
3. Munniqulov I. Qadriyat lingvoaksiologik kategoriya sifatida// “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2022, No 5 (46).- B.33 29-36.
4. Saydaliyeva M. Aksiolingvistik baho tushunchasiga oid ilmiy qarashlar tahlili// Yangi O‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali, Volume 3 Issue 1. - 02.06.2025. – B.526 (526-530)