SHARQ ALLOMALARINING OILA QADRIYATLARI HAQIDA QARASHLARI

Mualliflar

  • Asal Jumanazarova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Author

Kalit so‘zlar:

oila, oilaviy qadriyatlar, Sharq mutafakkirlari, tarbiya, axloq, oila instituti, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasi, ma’naviy qadriyatlar.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining oila va oilaviy qadriyatlar haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus hamda Alisher Navoiy kabi allomalarning asarlarida oila, nikoh, tarbiya va axloq masalalariga oid fikrlari yoritib berilgan. Tadqiqotda oilaning shaxs kamolotidagi o‘rni, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida ilgari surilgan g‘oyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining oilaviy qadriyatlar haqidagi qarashlari bugungi zamon talablari bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqiladi hamda ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Iqtiboslar

1. Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri. T.: 2004. – B. 160.

2. Ibn Sino. Tadbir manzili, – B. 44.

3. Kaykovus Qobusnoma. T.: 2018. 244-b.

4. Yusuf Xos Xojib. “Qutadg‘u bilig‘”, - 529-b.

5. Абу Райҳон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Танланган асарлар. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 142-146.

6. Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2018. - 415 б.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-05