GENDER-KOGNITIV PARADIGMA FOKUSIDA GENDER KONSEPTOSFERASI
Kalit so‘zlar:
gender, kognitiv paradigma, konseptosfera, gender stereotipi, paremiologiya, kognitiv metafora, lisoniy dunyo manzarasi..Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy gender-kognitiv paradigma doirasida gender konseptosferasining amal qilishining nazariy va metodologik jihatlari har tomonlama tadqiq etiladi. Muallif gender tadqiqotlariga boʻlgan qarashlar evolyutsiyasini Gʻarb tilshunoslarining (R. Lakoff, D. Tannen) fundamental asarlaridan tortib, oʻzbek (Sh. Safarov, N. Mahmudov) va rus (A. Kirilina, E. Goroshko) tilshunoslik maktablarining zamonaviy yondashuvlarigacha tahlil qiladi. Paremiologik fond kognitiv ssenariylar va gender stereotiplarining eng reprezentativ manbai sifatida alohida e’tiborga olingan. Oʻzbek va ingliz paremiyalarining qiyosiy tahlili asosida lisoniy dunyo manzarasining milliy-madaniy oʻziga xosligini aks ettiruvchi maxsus kognitiv modellar aniqlangan.
Iqtiboslar
1. Lakoff R.Language and woman’s place. – New York: Harper & Row, 1975.
2. Tannen D.You just don’t understand. – New York: Morrow, 1990.
3. Кирилина А. В.Гендер: лингвистические аспекты. – М., 1999.
4. Махмудов Н. Тилнинг назарий масалалари. – Тошкент: Akademnashr, 2015.
5. Lakoff G., Johnson M.Metaphors we live by. – Chicago: University of Chicago Press, 1980.
6. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006.
7. Wierzbicka A. Emotions across languages and cultures. – Cambridge: Cambridge University Press, 1999.
8. Пименова М. В. Менталитет. Язык. Концепт. – СПб., 2006.
9. O‘zbek xalq maqollari. 2 jildlik. – Toshkent: Sharq, 2005.
10. Oxford English Dictionary. Online edition.
11. Sharipov Sh. Pragmalingvistika asoslari. – Toshkent, 2018.