BADIIY ASARLARDA VAQTNI BILDIRUVCHI SO'ZLARNING BADIIYLIK YARATISHDAGI O'RNI
Kalit so‘zlar:
zamoniy deyksis, vaqt ko'rsatkichlari, badiiy matn stilistikasi, hikoya tuzilishi, narrativ strukturasi, matn koherensiyasi, o'quvchi idroki, pragmalingvistika.Annotatsiya
Badiiy asar o'qiyotgan har qanday kishi voqealarni nafaqat mazmun jihatidan, balki vaqt jihatidan ham anglaydi. Vaqtni ko'rsatuvchi so'zlar - "hozir", "kecha", "endi", "o'sha payt" - asarda faqat kalendar vaqtini bildirish bilan cheklanib qolmaydi, balki voqealarni dramatiklashtirish, qahramonning ichki dunyosini ochish, matnning umumiy sur'atini belgilashda muhim rol o'ynaydi. Mazkur maqolada aynan shunday so'zlar - tilshunoslikda ular "zamoniy deyksis" terminologiyasi bilan ataladi - badiiy asarlarda qanday ko'p qirrali funksiyalarni bajarishi masalasi ko'rib chiqilgan. Tahlil uchun ingliz va o'zbek adabiyotining taniqli asarlari, xususan, Shekspirning "Hamlet"i, Dikensning "Buyuk umidlar"i, Qodiriyning "O'tkan kunlar"i kabi klassik asarlardan olingan matn parchalari tanlab olindi. Tadqiqot jarayonida vaqt so'zlarining nafaqat voqeani vaqt chizig'ida joylashtirib qo'yish, balki o'quvchining his-tuyg'usiga bevosita ta'sir qilish vositasi sifatida xizmat qilishi aniqlandi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, vaqt so'zlari matnning ko'rinadigan yuzaki qismi emas, balki uning ichki strukturasini mustahkamlovchi, voqealar oqimini tartibga soluvchi va emotsional ta'sirni kuchaytiradigan muhim vositalardan biridir.
Iqtiboslar
1. Levinson S. C. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983. – 420 p.
2. Safarov Sh. Pragmatika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – 318 b.
3. Mahmudov N., Nurmonov A. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Sharq, 2010. – 464 b.
4. Short M. Exploring the language of poems, plays and prose. – London: Longman, 1996. – 412 p.
5. Nomozova N. T. Ingliz va o‘zbek badiiy asarlarida zamon deyksisining namoyon bo‘lishi // Ilm sarchashmalari. – 2026. – № 1.