XORIJIY ILG‘OR TAJRIBALAR ASOSIDA OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG XODIMLARNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH
Kalit so‘zlar:
Innovatsion texnologiyalar, oliy ta’lim, pedagog xodimlar, xorijiy tajriba, ta’lim samaradorligi, raqamli ta’lim, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, sun’iy intellekt, ta’lim sifati, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish.Annotatsiya
Mazkur maqolada xorijiy ilg‘or tajribalar asosida oliy ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlarning innovatsion texnologiyalarni qo‘llash salohiyatini oshirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni samarali joriy etishning dolzarbligi hamda ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimida pedagoglarning innovatsion kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, ularni milliy ta’lim tizimiga mos ravishda qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada pedagog xodimlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan ayrim muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va unda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Iqtiboslar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. 2019- yil 8 -oktabr, PF–5847-son https://lex.uz/docs/-4545884
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. 2020 yil 23 sentabr.https://lex.uz/docs/5013007
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev . Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021.
5. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Iste’dod, 2017.https://zenodo.org/records/16316733
6. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Toshkent. Sano-standart 2015
7. Xodjaev B.X. Ta’lim menejmenti Toshkent Fan, 2017
8. Toshpulatov A.K. Oliy ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash Toshkent 2020
9. UNESCO. ICT in Education: A Critical Literature Review and Its Implications. Paris: UNESCO Publishing https://unesdoc.unesco.org/
10. OECD. Digital Education Outlook 2021: Pushing the Frontiers with Artificial Intelligence.
11. Paris: OECD Publishing.https://www.oecd.org/education