RIVOJLANGAN DAVLATLARDA INKLYUZIV TA’LIMNING BOSHQARUV TIZIMI VA PEDAGOGIK XODIMLARNI TAYYORLASH TAJRIBASI

Mualliflar

  • Nurmuhammad Turg‘unov Namangan davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim, boshqaruv tizimi, pedagogik xodimlarni tayyorlash, rivojlangan davlatlar, ta’lim siyosati, malaka oshirish, xalqaro tajriba, pedagogik kompetensiya.

Annotatsiya

Ushbu maqola rivojlangan mamlakatlarda inklyuziv ta’limni tashkil etishning zamonaviy boshqaruv tizimlarini, shuningdek, pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or tajribalarini tahlil qiladi. Tadqiqot davomida inklyuziv ta’limning nazariy asoslari, xalqaro standartlar, siyosiy va institutiy mexanizmlar hamda o‘quv jarayonlarida pedagoglarning roli chuqur o‘rganildi. Maqolada AQSh, Finlyandiya va boshqa rivojlangan davlatlarning inklyuziv ta’lim tizimi va ularning o‘qituvchilarni tayyorlash strategiyalari bilan taqqoslash orqali samarali boshqaruvning mexanizmlari aniqlanadi.

Iqtiboslar

1. Rixsitillayeva M. B.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonida inklyuziv muhitni yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish // Лучшие интеллектуальные исследования. – 2025. – Т. 57, № 1. – С. 16–21.

2. Berdiyeva M., Saydinova B.O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.

3. Rustamova S.Pedagogik ta’limda tadqiqiy faoliyatni integratsiyalash texnologiyalari: nazariy va amaliy jihatlar // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.

4. Raxmonova S. M., Negmatova M. M.Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish // Science and Education. – 2023. – Т. 4, № 5. – С. 950–953.

5. Umarova F. B. Q.Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish // Scientific Progress. – 2021. – Т. 2, № 2. – С. 1214–1217.

6. Tashmetova M.Maktabgacha ta’lim tizimida alohida ta’lim ehtiyojlari mavjud bolalar ta’lim olishida uzluksizlikni ta’minlash // Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2025. – Т. 2, № 12. – С. 9–11.

7. Shodiyeva D.Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.

8. Anvarovna A. O.Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’limni tashkillashtirish // Science and Innovation. – 2024. – Т. 3, Special Issue 38. – С. 776–780.

9. Mo‘minov S. A., Xudayberdiyev U. J.Inklyuziv ta’limda individual ta’lim dasturi // Inter Education & Global Study. – 2025. – Т. 3, № 10 (1). – С. 161–171.

10. Umarova Z.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini inklyuziv faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik zarurati // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-14