SAYLOVOLDI TASHVIQOT MATERIALLARIDA DABDABALI SO‘ZLARNING O‘RNI
Kalit so‘zlar:
siyosiy nutq, saylovoldi materiallar, “posh words” (yuqori darajadagi so‘zlar), asosiy til, mulohaza strategiyalari.Abstrak
Ushbu maqolada saylovoldi kampaniya materiallarida qo‘llaniladigan “posh words”, ya’ni yuqori darajadagi, rasmiy va murakkab leksik birliklarning o‘rni tahlil qilinadi. Unda bunday so‘z tanlovi siyosiy nuqtda hokimiyatni namoyon etish, ishonchlilikni mustahkamlash hamda hissiy ta’sirni yuzaga keltiruvchi ishontiruvchi til vositasi sifatida qanday xizmat qilishi o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada murakkab leksika bilan mulohaza strategiyalari — xususan, ishonchni kuchaytiruvchi birliklar (boosters), baholovchi markerlar hamda shaxsiy ishtirokni ifodalovchi vositalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, siyosiy til saylovchilar tasavvurini shakllantirish va jamoatchilik fikrini yo‘naltirish maqsadida ongli ravishda quriladi. Shuningdek, unda ayniqsa murakkab va puxta tanlangan leksik birliklar kabi uslubiy vositalar ko‘pincha faktga asoslangan ma’lumotlardan ham kuchliroq ishontiruvchi ta’sirga ega ekani asoslab beriladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Boginskaya O. Dissenting with Conviction: Boosting in Persuasive Discourse // International Journal of Legal Discourse. – 2023. – Vol. 7(2). – P. 257–279.
2. Dontcheva-Navratilova O. Hedges and Boosters in Political Discourse // International Journal of Applied Linguistics. – 2025. – Vol. 35. – P. 73–90.
3. Etemadfar P., Namaziandost E. Persuasive Strategies in Political Speeches // Critical Literary Studies. – 2020. – Vol. 2(2). – P. 117–130.
4. Hyland K., Zou H. Stance in Academic and Public Discourse // Journal of English for Academic Purposes. – 2021. – Vol. 50. – Article 100973.
5. Kadim E. N. Critical Discourse Analysis of Election Speeches // Heliyon. – 2022. – Vol. 8. – Article e09256.
6. Kashiha H. Metadiscourse in Political Communication // Discourse and Interaction. – 2022. – Vol. 15(1). – P. 77–100.