ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI MAKTABGA NUTQIY TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Mualliflar

  • So‘g‘diyona Muxamedova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Author
  • Zulfiya Mamarajabova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Author

DOI:

https://doi.org/10.67227/14brf342

Kalit so‘zlar:

pedagogik shart-sharoitlar, eshitishda nuqsoni mavjud bolalar, so‘zlashuv nutqi, mashqlar. dialogik nutq, suhbatlar, didaktik o‘yinlar, jonli muloqot, innovatsion texnologiyalar, og‘zaki muloqot, surdopedagogika.

Abstrak

Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy jihatdan tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Eshitishida nuqson mavjud bo‘lgan bolalarda nutqiy muloqot, so‘zlashuv nutqi, dialogik va monologik nutqni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi pedagogik shart-sharoitlar ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida pedagogik, didaktik hamda psixologik-pedagogik sharoitlarning mazmun-mohiyati ochib berilib, ularning eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini shakllantirishdagi o‘rni asoslangan. Shuningdek, predmetli-rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish, eshitish-nutqiy muhit yaratish, qoldiq eshitish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, motivatsiyalangan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, didaktik o‘yinlar, suhbatlar, mashqlar hamda innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan korreksion-pedagogik faoliyatning samaradorligi yoritilgan. Maqolada milliy surdopedagogika sohasida faoliyat olib borgan olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda kommunikativ kompetensiyalarni, kitobxonlik va labdan o‘qish malakalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan qulay ta’limiy muhit, oilaviy hamkorlik, korreksion mashg‘ulotlar hamda faol muloqotga asoslangan pedagogik yondashuvlarning maktabga tayyorgarlik jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Malikova X.I. Bo‘lajak surdopedagoglarning metodik kompetensiyasini rivojlantirish: ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2023. – 24 b.

2. Матыня Э. Влияние организации учебного процесса на сознательное чтение глухих учащихся: дис. … канд. пед. наук. – Л., 1987. – 170 с.

3. Малхасьян Е.А. Совершенствование самостоятельной письменной речи глухих учащихся вечерних школ: учеб.-метод. пособие. – Л.: ЛVTs VOG, 1989. – 48 с.

4. Qodirova F.U. Boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini shakllantirish: ped. fan. nomz. diss. avtoref. – Toshkent: TDPU, 2006.

5. Qodirov M.M. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish: ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2022. – 22 b.

6. Qodirova F.U. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari: ped. fan. doktori (DSc) diss. avtoref. – Toshkent: TDPU, 2020. – 32 b.

7. Yakubjanova D.B. Bo‘lajak defektologlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasi: ped. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2017. – 22 b.

8. Yakubjanova D.B. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish: ped. fanlari doktori (DSc) diss. avtoref. – Toshkent, 2021. – 22 b.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-05

Qanday havola qilish kerak

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI MAKTABGA NUTQIY TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(5), 670-673. https://doi.org/10.67227/14brf342