ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING NUTQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
pedagogik shart-sharoitlar, eshitishda nuqsoni mavjud bolalar, so‘zlashuv nutqi, mashqlar. dialogik nutq, suhbatlar, didaktik o‘yinlar, jonli muloqot, innovatsion texnologiyalar , og‘zaki muloqot, surdopedagogika.Abstrak
Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqiy madaniyatini rivojlantirish jarayonining ilmiy-nazariy asoslari hamda pedagogik xususiyatlari yoritiladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqni idrok etish, uni tushunish va ifodalash jarayonlarida yuzaga keladigan o‘ziga xos qiyinchiliklar tahlil qilinadi hamda bu holatlarning ularning kommunikativ kompetensiyasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada zaif eshituvchi va kar bolalarning leksik, grammatik va fonetik nutq rivojlanishidagi cheklanishlar, so‘z boyligining kambag‘alligi, talaffuz buzilishlari hamda grammatik strukturalarni noto‘g‘ri qo‘llash holatlari ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Nutqiy madaniyatni shakllantirishda dialogik nutq, didaktik o‘yinlar, mashqlar, jonli muloqot va innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Maqolada shuningdek, eshitish nuqsoniga ega bolalarning ijtimoiy moslashuvi va kommunikativ rivojlanishida nutqiy muhit, pedagogik shart-sharoitlar hamda sinfdan tashqari faoliyatning roli yoritiladi. Internat sharoitida shaxslararo va rolli muloqot shakllarining nutqni rivojlantirishdagi o‘rni ham ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Mamarajabova Z.N. Adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish: pedagogika fanlari doktori (DSc) diss. avtoref. — Toshkent: TDPU, 2020. — 74 b.
2. Snoddon K. American Sign Language and Early Literacy. — Washington: Gallaudet University Press, 2012. — 52 p.
3. Mo‘minova L., Amirsaidova Sh. va boshq. Maxsus psixologiya. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2013. — 312 b.
4. Po‘latova P., Nurmuxamedova L., Amirsaidova Sh. Maxsus pedagogika. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2014. — 384 b.
5. Qodirova F.U. Boshlang‘ich sinf kar o‘quvchilar nutqini shakllantirish: pedagogika fanlari nomzodi diss. avtoref. — Toshkent: TDPU, 2006. — 24 b.
6. Fayziyeva U.Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish: pedagogika fanlari nomzodi diss. avtoref. — Toshkent: TDPI, 1994. — 22 b.