ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUVNI SHAKLLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTISHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.67227/7xk5bj82Kalit so‘zlar:
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar, ijtimoiy moslashuv, kommunikativ kompetensiya, so‘zlashuv nutqi, mashqlar. dialogik nutq, suhbatlar, didaktik o‘yinlar, jonli muloqot, innovatsion texnologiyalar , og‘zaki muloqot, surdopedagogika, nazariy-uslubiy jihatlar.Abstrak
Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda ijtimoiy moslashuv jarayonini samarali tashkil etishda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda maxsus pedagogika, xususan surdopedagogika yo‘nalishida so‘nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar tahlil qilinib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvi jarayonida nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarning o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada kommunikativ kompetensiyani shakllantirish ijtimoiy moslashuvning asosiy omili sifatida ko‘rib chiqilib, uning tarkibiy qismlari — kognitiv, emotsional-irodaviy, motivatsion hamda xulq-atvor komponentlari yoritiladi. Shuningdek, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda og‘zaki muloqot, dialogik nutq, so‘z boyligini oshirish, nutqiy faoliyatni rivojlantirish va ijtimoiy muhitga moslashish jarayonlari o‘zaro bog‘liq tizim sifatida tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro aloqadorligi hamda kommunikativ kompetensiya bilan integratsiyasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvida innovatsion pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, suhbat va mashqlar tizimining ahamiyati ta’kidlanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Sadirova K.G‘. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar tasviriy faoliyatini rivojlantirish: ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent: TDPI, 2023. – 28 b.
2. Subanova B.Q. Bo‘lajak surdopedagoglarning inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish: ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2023. – 24 b.
3. Mamarajabova Z.N. Adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish: pedagogika fanlari doktori (DSc) diss. avtoref. – Toshkent: TDRU, 2020.
4. Mamarajabova Z.N. Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi. – Toshkent, 2020.
5. Mamarajabova Z.N. Surdopedagogika. – Toshkent, 2019.
6. Ro‘latova R.M., Nurmuxammedova L.Sh., Yakubjanova D.B., Mamarajabova Z.N., Amirsaidova Sh.M., Sultonova A.D. Maxsus pedagogika: darslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.