TARJIMALAR YUKSAK SAN‘AT NAMUNASI VA MAHORAT MAKTABI
Kalit so‘zlar:
tarjima san’ati, tarjimon mahorati, o‘zbek mumtoz adabiyoti, ingliz tiliga tarjima, badiiy tarjima, ekvivalentlik, madaniyatlararo muloqot.Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek mumtoz adabiy asarlarining ingliz tiliga tarjima qilinishi jarayoni chuqur tahlil qilinadi hamda tarjima yuksak san’at namunasi va tarjimon mahoratini shakllantiruvchi muhim maktab sifatida baholanadi. Mumtoz adabiyot namunalari, xususan, Alisher Navoiy ijodiga mansub asarlarda mujassam bo‘lgan milliy-ma’naviy qadriyatlar, poetik obrazlar, ramziy ifodalar va badiiy-estetik vositalarni ingliz tilida qayta yaratish bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Tarjima jarayonida mazmun va shakl uyg‘unligini saqlash, semantik aniqlik, stilistik moslik, ekvivalentlik va adekvatlik masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimonning ijodiy yondashuvi, madaniyatlararo muloqotni ta’minlashdagi roli va badiiy tarjimaning o‘zbek adabiyotini jahon miqyosida tanitishdagi ahamiyati asoslab beriladi.
Iqtiboslar
1. Бертельс Е. И.Навои: жизнь, творчество и мировоззрение. – М., 1948.
2. Jo‘rayev Q.Navoiy asarlari tarjimalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar. – T., 1988.
3. G‘ofurova G‘.Tarjimashunoslikka oid ilmiy tadqiqotlar va tarjimaning texnik tamoyillari. – T., 1976.
4. Olimov S.Navoiy asarlarini rus, tojik va ozarbayjon tillariga tarjima muammolari: дис. … канд. филол. наук. – T., 1989.
5. Salomov G‘.Til va tarjima nazariyasi masalalari. – T., 1966.
6. Иванов С. Н.Навои Алишер. Избранное / пер. и вступ. ст. С. Н. Иванова. – СПб.: Изд-во Санкт-Петербургского университета, 1996.
7. Клеменко А. А.Газели Алишера Навои в русских переводах. – СПб.: Изд-во Санкт-Петербургского университета, 1986.