TARIXIY ASARLARDA MALIKALAR MA’RIFAT TIMSOLI SIFATIDA

Mualliflar

  • Sevara Usmanova Farg‘ona davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

tarixiy kolorit, tarixiy roman, temuriy malikalar, Gavharshodbegim, Xonzodabegim, badiiy talqin, qiyosiy adabiyotshunoslik, roman janri, dramaturgiya, ma’naviy obraz.

Annotatsiya

Mazkur maqola o‘zbek adabiyotining tarixiy roman janrida temuriy malikalar, xususan Gavharshodbegim va Xonzodabegim obrazlarining turli mualliflar tomonidan talqin qilinishini qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (keyinchalik “Shohruh va Gavharshod”), Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek fojiasi” hamda Shahodat Isaxonovaning “Gavharshodbegim” asarlari qiyosiy tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bir xil tarixiy shaxslar turli yozuvchilar tomonidan turlicha – ba’zan qarama-qarshi – badiiy talqin etiladi, bu esa tarixiy romanlarda obyektivlik va muallif metodologiyasi masalasini dolzarb etadi. Shuningdek, maqolada roman janrining hayotni aks ettirish imkoniyatlari Sharq va G‘arb adabiyotshunosligi nuqtai nazaridan ham yoritiladi.

Iqtiboslar

1. Mirzaev S. Roman va tarix. – T., 1985.

2. Karimov E. Roman janrining rivojlanish masalalari. – T., 2000.

3. Belinskiy V. G. Poeziyaning jins va turlarga bo‘linishi // Izbrannye sochineniya. – M., 1953.

4. Gegel G. V. F. Estetika. – M., 1971.

5. Stendal. Qizil va qora. – T., 1990.

6. Flober G. Madam Bovari. – T., 1985.

7. Mopassan G. de. Hayot; Azizim. – T., 1988.

8. Qodirov P. Ona lochin vidosi. – T., 1968.

9. Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. – T., 1973.

10. Shayxzoda M. Mirzo Ulug‘bek: fojia. – T., 1965.

11. Muhammad Ali. Shohruh Mirzo (Ulug‘ saltanat, 4-kitob). – T., 2005.

12. Ravshanov P. Zavol: qissa. – T., 2003.

13. Isaxonova Sh. Gavharshodbegim: tarixiy roman. – T.: Kamalak-Press, 2014.

14. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai baxrayn. – T.: O‘zbekiston, 2008. – II jild, 3-qism.

15. Ahmedov A. Mirzo Ulug‘bek Tarag‘ay (Buyuk siymolar). – T.: O‘zbekiston, 2011.

16. Klavixo R. G. de. Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403–1406). – T.: O‘zbekiston, 2010.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-15