JADID MEROSINI KORPUSGA: ELBEK–FITRAT LUG‘ATCHILIGI, OMONIMIYA MEZONLARI VA DRAMALAR LEKSIKASINI SEMANTIK TEGLASH MODELI
Kalit so‘zlar:
jadidlar, leksikografiya, Elbek, Abdurauf Fitrat, EOL, ROL, omonim, 1929 lotin yozuvi, singarmonizm, etimologiya, korpus lingvistika, semantik teglash, lemmatizatsiya, jadid dramaturgiyasi, arxaizm/istorizm, izohli–kollokatsion lug‘at.Annotatsiya
Maqola jadidlar merosini leksikografik va korpus lingvistik yondashuv asosida qayta talqin etadi. Unda Elbek, Abdurauf Fitrat va boshqa ma’rifatparvarlarning lug‘atshunoslik ishlari (EOL, Fitratning etimologik izohlari va boshqalar) asosida davr tilining fonetik–grafik, leksik va grammatik xususiyatlari tavsiflanadi. Sh. Bobojonova tahliliga tayangan holda EOL (416 birlik) va ROL (497 birlik) o‘rtasidagi tafovutlar, shuningdek, 1929-yilgi lotin yozuviga o‘tish va singarmonizm asosidagi imlo me’yorlari tufayli omonimlarni belgilash mezonlarini (talaffuz va yozuv birligi, ma’no tafovuti) qayta ko‘rib chiqish zarurligi asoslanadi. Fitratning turkiy leksemalarga bergan etimologik izohlari (masalan, yitika, mung‘ilamak, qub) jadid lug‘atchiligida manbalararo uyg‘un yondashuv mavjudligini ko‘rsatadi.
Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Cho‘lpon dramalari asosida leksikani tematik guruhlarga (ijtimoiy-siyosiy, diniy-axloqiy, maishiy, ta’lim, matbuot, o‘lchov va boshqalar) ajratish, arxaizm va istorizm belgilarini qo‘llash hamda “jadid dramalari terminlari”ni semantik teglash taklif etiladi. Mualliflik korpusi uchun lemmatizatsiya, token–lemma–birikma–konkordans asosida qidiruv tizimi, operator va konstanta teglar, sinonim va antonim qatlamlari hamda razmetka modeli ishlab chiqiladi. Natijada jadid dramalari asosida izohli–kollokatsion hamda tematik–etimologik lug‘atlar majmuasini yaratish istiqbollari aniqlanadi.
Iqtiboslar
1. Nuritdinov A. S. Jadid davri adabiy muhitiga doir asarlardan korpusda foydalanish // Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar. — 2024. — Vol. 1, № 1.
2. Xamroyeva Sh. M. Oʻzbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari: filol. fan. boʻyicha falsafa doktori (PhD) dis. — Buxoro, 2018. — 250 b.
3. Axmedova D. B. Atov birliklarini oʻzbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning lingvistik asos va modellari: filol. fan. boʻyicha falsafa doktori (PhD) dis. avtoref. — Buxoro, 2020. — 54 b.
4. Islomov I. Oʻzbek tilining geografik terminologiyasi: tizimi, genezisi, semantik strukturasi va leksikografik talqini: filol. fan. dok. dis. avtoref. — Qarshi, 2021.