O‘ZBEK TILIDA LEKSIK PRESUPPOZITSIYANING PRAGMATIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA NUTQDAGI IFODALANISHI
Kalit so‘zlar:
Presuppozitsiya, leksik presuppozitsiya, pragmatika, semantika, nutq jarayoni, kontekst, nutq vaziyati, til ko‘nikmalari, propozitsiya, yashirin ma’no, semik komponent, sintaktik tuzilma, tejash tamoyili, implikatura, leksik birliklar.Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilida presuppozitsiya hodisasining leksik sathdagi namoyon bo‘lishi hamda uning pragmatik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda presuppozitsiyaning nutq jarayonida yuzaga chiqish omillari, xususan, kontekst, nutq vaziyati va nutq ishtirokchilarining umumiy bilimlari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, leksik birliklarning ichki semantik imkoniyatlari asosida yashirin ma’no qatlamlarini ifodalash xususiyatlari misollar yordamida asoslab beriladi. Maqolada presuppozitsiyaning sintaktik tuzilma bilan munosabati, uning propozitsiya bilan o‘zaro aloqasi hamda tilning tejash tamoyili asosida shakllanishi masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek tilida leksik birliklar orqali presuppozitsiyani ifodalash imkoniyatlari keng ekani va ularni pragmatik yondashuv asosida o‘rganish muhim ilmiy ahamiyat kasb etishi xulosa qilinadi.
Iqtiboslar
1. Ҳакимов М. Тагмаъно ва тагбилим хусусида баъзи мулоҳазалар // Ўзбек тили ва адабиёти. — Тошкент, 2001. — № 1. — Б. 33.
2. Раҳимов У. Лисоний пресуппозиция // Айюб Ғулом ва ўзбек тилшунослиги: илмий мақолалар тўплами. — Тошкент, 2004. — Б. 58.
3. Раҳимов У. Тагмаъно ва пресуппозиция // Ўзбек тили ва адабиёти. — Тошкент, 2005. — № 5. — Б. 32.
4. Маҳкамов Н. Лисоний ортиқчалик ва тежамлилик натижасида вужудга келган десемантизация // Ўзбек тили ва адабиёти. — Тошкент, 2002. — № 2. — Б. 25.