DINIY NUTQIY JANRLARNING O‘ZIGA XOS GRAMMATIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Akbarjon Azimov Andijon davlat pedagogika instituti Author

Kalit so‘zlar:

diniy diskurs, diniy nutqiy janr, grammatik xususiyat, uslubiy xususiyat, duo, va’z, xutba, tafsir, fatvo, sintaktik qurilish, leksik birliklar, ritorik so‘roq gaplar.

Annotatsiya

Mazkur maqolada diniy diskurs tarkibida shakllanuvchi diniy nutqiy janrlarning o‘ziga xos grammatik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda diniy nutqiy janrlarning til birliklari, sintaktik tuzilishi, leksik-semantik xususiyatlari hamda kommunikativ-pragmatik vazifalari yoritiladi. Shuningdek, diniy nutqda qo‘llaniladigan buyruq, undov, so‘roq va ritorik gaplarning faol ishlatilishi, arabcha va diniy terminlarning keng qo‘llanishi, takror, parallelizm, ibora va barqaror birikmalar kabi uslubiy vositalarning nutq ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada duo, va’z, xutba, tafsir va fatvo kabi diniy nutqiy janrlarning grammatik tuzilishi hamda uslubiy xususiyatlari misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari diniy diskursni lingvistik jihatdan o‘rganishda hamda diniy nutqiy janrlarning til tizimidagi o‘rnini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar

1. Бахтин М. М. Проблема речевых жанров // Литературно-критические статьи. — М.: Художественная литература, 1986. — С. 428–472.

2. Yusupova Sh. T. Diniy matnlarning lingvopragmatik xususiyatlari: filol. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. — Farg‘ona, 2020. — B. 154.

3. Nurmanova D. A.Neutralization of consonant opposition in anlaut of the Uzbek language // 2021.

4. Azimov A. N. O‘zbek tilida diniy nutqiy janrlar tasnifi // Scientific Journal of Higher Education and Creative Innovations (Ajou Sci.). — 2025. — № 1. — B. 50–53.

5. Azimov A. N. Duo nutqiy janrining o‘ziga xos xususiyatlari // Hamkor konferensiyalar. — 2025. — Vol. 1, No. 15. — B. 131–133.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-28