SAID AHMADNING “BORSA KELMAS DARVOZASI” HIKOYASIDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI IFODALOVCHI LISONIY VA NOLISONIY VOSITALARNING TADQIQI

Mualliflar

  • O‘ktamjon Qodirov Farg‘ona davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

gradatsiya, takror, abbreviatsiya(qisqartma), kinoya, presuppozitsiya, jargon, maqol, tinish belgilari, ko‘makchi morfema, atama, undalma, tagma’no.

Annotatsiya

Har bir kitobxon biror roman, doston yoki hikoyani mutolaa qilish davomida asarning matni orqali o‘z ongida turli o‘zgarishlarni his etadi.. Bu jarayonda, albatta, yozuvchining mahorati, ya’ni so‘z va iboralardan o‘z o‘rnida foydalana olish tajribasi yetakchilik qiladi. Mazkur maqolada Said Ahmadning “Borsa kelmas darvozasi” hikoyasidagi emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalarning bir necha turlari haqida ilmiy tadqiqot o‘tkaziladi. Bizga ma’lumki, ushbu hikoya Said Ahmadning  avtobiografik hikoyasi sanaladi. Bu hikoyada qahramonning ichki dunyosi, xotiralari va yo‘qotishlari keng yoritib berilgan. Asar o‘quvchini vaqt, hayot va inson qadri haqida o‘ylashga majbur qiladi. Undagi obrazlar va tasvirlar o‘zining emotsionallikka boyligi bilan ajralib turadi, har bir voqea qalbga yaqin yetib boradi. Asar davomida insonning kechinmalari, orzu-armonlari va iztiroblari uyg‘unlashib, chuqur falsafiy mazmun hosil qiladi. Shu jihatdan hikoya o‘zining ta’sir kuchi va badiiy yuksakligi bilan e’tiborni tortadi. Hikoya matni bilan tanishish davomida bir necha o‘rinlarda kuchli his-tuyg‘uni ifodalovchi vositalarga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, tadqiqot davomida asar matni chuqurroq o‘rganilib, unda muallif tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oya, badiiy niyat va mazmuniy sathlar yoritib beriladi.

Iqtiboslar

1. Turg‘unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o‘zbekcha lug‘ati. — Toshkent: O‘qituvchi, 1975. — 193 b.

2. Falsafa: qomusiy lug‘at / tuzuvchi va mas’ul muharrir Q. Nazarov. — Toshkent: Sharq, 2004. — 459 b.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J. II. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002. — B. 38.

4. Madjidova R. U., Muxiddinova H. S., Sultonova Sh. M. Tilshunoslikka kirish. — Toshkent, 2015. — 6 b.

5. Шарова В. В. Средства выражения экспрессивности в сатирическом художественном тексте: на материале романов И. Ильфа и Е. Петрова «Двенадцать стульев» и «Золотой телёнок»: автореф. дис. … канд. филол. наук. — Санкт-Петербург, 2003.

6. Ахманова С. О. Словарь лингвистических терминов. — М., 1987.

7. Ahmad Said. Qorako‘z majnun: hikoyalar. — Toshkent: O‘zbekiston, 2001. — 240 b.

8. Abduraximova N. Emotionality as a functional-semantic category. Scientific views on the terminology of emotion // The Lingua Spectrum. — 2025. — Vol. 10, No. 1. — P. 99–107. — URL: https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/article/view/1094

9. Галкина-Федорук Е. М. Об экспрессивности и эмоциональности в языке: сборник статей по языкознанию. — М., 1958.

10. Wikipedia [Elektron manba]. — URL: https://uz.wikipedia.org

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-28