JADIDCHILIK HARAKATI VA USULI JADID MAKTABLARI: TA'LIM ISLOHOTLARI TARIXI

Mualliflar

  • Muyassar Topildiyeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Jadidchilik harakati, usuli jadid maktablari, ta'lim islohoti, ma'rifatparvarlik, zamonaviy ta'lim tizimi, pedagogika, yangi o'qitish metodlari, darsliklar, dunyoviy bilimlar, intellektual salohiyat, barkamol avlod tarbiyasi, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish.

Annotatsiya

Ushbu maqolada jadidchilik harakati doirasida amalga oshirilgan ta'lim islohotlari hamda "usuli jadid" maktablarining shakllanishi va rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Jadid ma'rifatparvarlari tomonidan eski maktab tizimini isloh qilish, zamonaviy dunyoviy bilimlarni joriy etish, yangi o'qitish usullarini qo'llash hamda darsliklar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yoritiladi. Shuningdek, maqolada an'anaviy ta'lim tizimi bilan jadid maktablari o'rtasidagi farqlar qiyosiy tahlil asosida ko'rib chiqiladi. Jadid pedagoglarining yosh avlodni ma'rifatli, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan qarashlari bugungi ta'lim tizimi uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi.

Iqtiboslar

1. Qosimov B. Jadidchilik: g‘oya va harakat. Toshkent: Ma’naviyat, 2000. B. 52–54.

2. Munavvarqori Abdurashidxon. Qizil O‘zbekiston. Toshkent: Ma’naviyat, 1995. B. 45–50.

3. Gasprinskiy I. Tarjimon gazetasi va jadidchilik g‘oyalari haqida maqolalar to‘plami.

4. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Toshkent: Sharq, 2010. B. 306–307.

5. IIAU. Rasmiy sayt: yangiliklar bo‘limi. URL: https://www.iiau.uz/index.php/oz/news/3076

6. Avloniy A. Tanlangan asarlar: 2 jildlik. Toshkent: Ma’naviyat, 1998. J. 2. B. 112–118.

7. Mirziyoyev Sh. M. Oliy Majlisga Murojaatnoma. Toshkent, 2017.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-28