NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR NUTQ VA TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Kalit so‘zlar:
bolalar nutqi, nutq rivojlanishi, fonematik idrok, nutq buzilishlari, markaziy asab tizimi, logopedik yordam, ontogenez, motor alaliya, bog‘langan nutq, savod o‘rganishga tayyorlash.Annotatsiya
Mazkur maqolada bolalar nutqining normal shakllanishi, uning neyrofiziologik, psixologik
va ijtimoiy omillar bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Nutq markazlarining rivojlanishi, eshitish va artikulyatsion analizatorlarning yetukligi bolalar nutqining to‘laqonli rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi asoslanadi. Nutqning ontogenez jarayoni bosqichma-bosqich tavsiflanib, fonematik idrok, leksik-grammatik tuzilish va bog‘langan nutqning shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda uchraydigan klinik-pedagogik ko‘rinishlar, ularning nevrologik va psixologik belgilariga tavsif beriladi. Nutq buzilishlarining kelib chiqish sabablari, markaziy asab tizimi faoliyati bilan bog‘liqligi hamda korreksion-logopedik ishlarning ahamiyati ochib beriladi. Bolalarni savod o‘rganishga tayyorlashda nutqiy, kognitiv va psixologik jarayonlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Iqtiboslar
1. Логопедия: учеб. пособие / под ред. А. С. Волковой. – Москва : ВЛАДОС, 2003. –
384 с.
2. Лалаева Р. И., Шаховская С. Н. Логопатопсихология : учеб. пособие для студентов вузов. – Москва: Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 2013. – 464 с.
3. Ayupova M. Yu. Logopediya: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2022. – 320 b.
4. Mo‘minova L., Amirsaidova Sh. va boshq. Maxsus psixologiya: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2013. – 256 b.
5. Mo‘minova L. R., Ayupova M. Yu. Logopediya: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent:
O‘qituvchi, 1993. – 77 b.