RAQAMLI DAVRDA ALFA AVLOD VAKILLARINING INTELLEKTUAL VA KASBIY RIVOJLANISH MASALALARI

Mualliflar

  • Shaxzodbek Kurbaniyazov Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Author
  • O‘tkirjon Odiljonov Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Author

Kalit so‘zlar:

Alfa avlod, kasb-hunarga yoʻnaltirish, intellektual rivojlanish, taqqoslovchi yondashuv, raqamli kompetensiyalar, kreativ va tanqidiy fikrlash, taʼlim strategiyasi, mehnat bozori transformatsiyasi.

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli muhitda shakllanayotgan alfa avlod vakillarini taʼlim jarayonida erta kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda ularning intellektual rivojlanishini taʼminlash masalalari qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan yondashuvning cheklangan jihatlari ochib beriladi. Xususan, mehnat bozorining tez oʻzgarishi natijasida kasblar mazmuni va talablari oʻzgarib borishi bilan bogʻliq xavflar asoslanadi.Shu bilan birga, tanqidiy va kreativ fikrlash, muammoli vaziyatlarda moslashuvchan qaror qabul qilish, raqamli savodxonlik kabi intellektual kompetensiyalarni rivojlantirish alfa avlodining uzoq muddatli kasbiy muvaffaqiyati uchun muhim omil ekani ilmiy dalillar asosida koʻrsatib beriladi. Maqolada kasb-hunarga yoʻnaltirish va intellektual rivojlanishni oʻzaro qarama-qarshi emas, balki uygʻun va uzviy jarayon sifatida tashkil etish zarurligi xulosalanadi hamda taʼlim tizimi uchun amaliy-metodik tavsiyalar ilgari suriladi.

Iqtiboslar

1. World Economic Forum. The Future of Jobs Report 2023. Geneva;

2. World Economic Forum. The Future of Jobs Report 2025. Geneva;

3. McKinsey Global Institute. Jobs Lost, Jobs Gained: Workforce Transitions in a Time of Automation;

4. OECD. The Risk of Automation for Jobs in OECD Countries. OECD Publishing;

5. Forbes (2025). 92 Million Jobs Gone: Who Will AI Erase First?;

6. Goldman Sachs (2023). The Potentially Large Effects of Artificial Intelligence on Economic Growth;

7. ICT Skills Development in the Republic of Uzbekistan. — Paris: UNESCO;

8. UNESCO Institute for Lifelong Learning (UIL). Digital Competencies for TVET Educators: Uzbekistan Case.

9. Mikrosourcing. AI Adoption Statistics and Workforce Transformation, 2024–2025.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29