DARSLIKLARDA BERILGAN DOSTONLARNI O‘RGANISHNING TAHLIL USULLARI
Kalit so‘zlar:
darslik, o‘quv dasturi, doston, omil, Ergash shoir, baxshi,savol-topshiriq, tahlil, qadriyat, syujet.Annotatsiya
Mazkur maqolada badiiy asarlarning didaktik (o‘quv) tahlili nazariy-metodik jihatdan yoritilib, uni amalga oshirish usullari hamda ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Taniqli metodist olim Q. Yo‘ldoshevning ilmiy qarashlariga tayangan holda didaktik tahlilning mohiyati, maqsadi va estetik-pedagogik ahamiyati ochib berilgan. Ilmiy manbalar asosida matn asosidagi, obrazlar asosidagi va muammoli o‘quv tahlili kabi usullar mazmuniy jihatdan tavsiflanib, ularning o‘quvchilar yosh xususiyatlari va intellektual imkoniyatlariga muvofiq qo‘llanishi asoslangan. Maqolada didaktik tahlil jarayonida o‘quvchilarda adabiy obrazlarni tirik inson sifatida qabul qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish hamda o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, 8-sinf “Adabiyot” darsligida o‘rin olgan Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Kuntug‘mish” dostoni misolida didaktik tahlil usullarini amaliyotda qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Muallif dostonni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, muammoli savol va topshiriqlar orqali tahlil olib borish samaradorligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Iqtiboslar
1. Джамолдинова Ш. Мактаб адабий таълимида халқ оғзаки ижоди намуналарини муаммоли метод асосида ўрганиш йўллари (5-9-синфлар мисолида).Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (РhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия. Самарқанл-2021.
2. Болтаева А.Т. Адабиёт дарсларида бадиий асар қаҳрамонларини танқидий баҳолашга ўргатиш технологиялари.педагогика...фалс.док.(РhD) дисс.-Т.,2018.• Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 2008.
3. Йўлдошев Қ. Бадиий асар таҳлили ва талқини масалалари. – Тошкент: Фан, 2012.
4. Қосимов Б. Адабиёт таълими назарияси ва методикаси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт, 2006.
5. Расулов А. Бадиий матн таҳлили асослари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2015.
6. Каримов Н. Адабий таълимда замонавий методлар. – Тошкент: Фан ва технология, 2017.
7. Ҳамидов Ҳ. Мактаб адабиёт таълимида бадиий асар таҳлили. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси нашриёти, 2010.
8. Сафаров О. Фольклор ва адабий жараён. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2009.
9. Жуманбулбул ўғли Эргаш. Кунтуғмиш (достон). – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, турли нашрлар.