BLENDED LEARNING MODELIDA MEDIA VOSITALARDAN FOYDALANGAN HOLDA NEMIS TILINI O‘QITISHNING METODIK-DIDAKTIK XUSUSIYATLARI VA IMKONIYATLARI

Mualliflar

  • Faridjon Usmonov Bavariya Federal õlkasi Planegg kommunasida Boshlang'ich maktab qoshidagi Kinderhort Author

Kalit so‘zlar:

blended learning, nemis tilini o‘qitish, media vositalar, metodik-didaktik xususiyatlar, raqamli ta’lim, kommunikativ kompetensiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada blended learning (aralash ta’lim) modeli asosida media vositalardan foydalangan holda nemis tilini o‘qitishning metodik-didaktik xususiyatlari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy va raqamli ta’lim shakllarining integratsiyasi, audiovizual materiallar, interaktiv platformalar va raqamli kontentning til o‘rganish jarayoniga ta’siri yoritiladi. Media vositalardan foydalanish o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, motivatsiyasini oshirish hamda til materialini samarali o‘zlashtirishga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Maqola natijalari nemis tilini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Iqtiboslar

1. Галскова Н. Д., Гез Н. И. Теория обучения иностранным языкам: лингводидактика и методика. – Москва: Академия, 2009. – 336 с.

2. Passerini K., Granger M. J. A developmental model for distance learning using the Internet // Computers & Education. – 2000. – Vol. 34, №1. – P. 1–15.

3. Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions // The Handbook of Blended Learning. – San Francisco: Pfeiffer, 2006. – P. 3–21.

4. Sharma P., Barrett B. Blended learning: Using technology in and beyond the language classroom. – Oxford: Macmillan Education, 2007. – 160 p.

5. Richards J. C., Rodgers T. S. Approaches and methods in language teaching. – 2nd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 2014. – 410 p.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29