STRUKTURALISTIK VA KOGNITIV AN’ANALARDA TIL VA TAFAKKUR O‘ZARO MUNOSABATI
Kalit so‘zlar:
til va tafakkur; psixolingvistika; til tuzilmasi; kognitsiya; ramziylik; til orqali kategoriyalash; kognitiv lingvistika; til manzarasi.Annotatsiya
Til va tafakkur o‘rtasidagi munosabat masalasi XX asr tilshunosligi, psixologiyasi va falsafasining muhim muammolaridan biri bo‘lib, strukturalizm, amerika deskriptivizmi, psixolingvistika hamda kognitiv lingvistika doirasida turlicha talqin qilingan. Ushbu maqolada til va tafakkur o‘zaro aloqasi strukturalistik va kognitiv an’ana kontekstida tahlil qilinib, til inson tajribasini vositalovchi ramziy va kognitiv mexanizm sifatida izohlanadi. Tadqiqotda dastlabki strukturalistik yondashuvlar tilning formal tuzilmasiga urg‘u bergan holda, ko‘pincha ong va tafakkur jarayonlarini tahlildan chetlashtirganligi, psixolingvistik va kognitiv yondashuvlarda esa til idrok, kategoriyalash, xotira va ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tafakkur faoliyatining ajralmas qismi sifatida talqin etilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, til tayyor g‘oyalarni oddiy aks ettiruvchi vosita emas, balki kognitiv tajribani shakllantirish va kengaytirishda faol ishtirok etuvchi, shu bilan birga tafakkur imkoniyatlarini ma’lum darajada cheklovchi moslashuvchan ramziy tizim ekanligi asoslanadi.
Iqtiboslar
1. Сепир Э. Язык. Введение в изучение речи. — М.: Прогресс, 1993. — 656 с.
2. Соссюр Ф. де. Курс общей лингвистики. — М.: Едиториал УРСС, 2004. — 256 с.
3. Блумфилд Л. Язык. — М.: Прогресс, 1968. — 607 с.
4. Вайсгербер Л. Родной язык и формирование духа. — М.: Едиториал УРСС, 2004. — 232с.
5. Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в лингвистике. — М.: Изд-во иностр. лит., 1960. — Вып. 1. — С. 135–168.
6. Выготский Л. С. Мышление и речь. — М.: Лабиринт, 1999. — 352 с.
7. Леонтьев А. А. Основы психолингвистики. — М.: Смысл, 2003. — 287 с.
8. Лурия А. Р. Язык и сознание. — М.: МГУ, 1979. — 320 с.
9. Кибрик А. Е. Очерки по общим и прикладным вопросам языкознания. — М.: МГУ, 1992. — 336 с.
10. Хомский Н. Логические основы лингвистической теории // Новое в лингвистике. — М.: Наука, 1965. — Вып. 4. — С. 63–70.
11. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago: University of Chicago Press, 1980. — 242 p.