SHAROF RASHIDOVNING “G‘OLIBLAR” ASARI ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH: KONSEPTUAL TAHLIL

Mualliflar

  • Marxabo Qilichova Jizzax davlat pedagogika universiteti Author

Kalit so‘zlar:

“G‘oliblar”, Sharof Rashidov, bo‘lajak pedagog, ma’naviy-axloqiy tarbiya, kontent tahlil, didaktik model, kompetensiya, refleksiya.

Annotatsiya

Maqolada badiiy adabiyotdan pedagogik resurs sifatida foydalanish masalasi Sharof Rashidovning “G‘oliblar” asari misolida tahlil qilinadi. Manbalarda “G‘oliblar” avval qissa (1953) sifatida, keyin esa roman (1972) sifatida qayd etiladi. Asar mazmuni Mirzacho‘l hududida bunyodkorlik, suv chiqarish, yerning “tashnaligini qondirish” va mehnat jasorati g‘oyalari bilan bevosita bog‘lanishi adabiy-tahliliy manbalarda ham izohlanadi. Shuningdek, “G‘oliblar”asarida Oyqiz, Olimjon kabi obrazlar hamda Oltinsoy singari toponimlar orqali zamondoshlar ruhiyati, mas’uliyat va jamoaviylik motivlari ochib beriladi. Tadqiqot maqsadi - “G‘oliblar” asaridagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni ajratib olish, ularni bo‘lajak pedagoglar uchun zarur kompetensiyalar (vatanparvarlik, mehnat etikasi, adolat, hamkorlik, ekologik mas’uliyat, shaxsiy mas’uliyat va refleksiya) bilan moslashtirish hamda oliy ta’lim sharoitida qo‘llashga mo‘ljallangan didaktik modelni taklif etishdir. Metod sifatida sifatli (qualitative) kontent tahlil qo‘llanildi: epizodlar “qadriyat–xatti-harakat–pedagogik xulosa” triadasi bo‘yicha kodlandi, natijalar esa ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari haqidagi yondashuvlar bilan solishtirildi.

Iqtiboslar

1. Lafasov O‘.F., Ismoilov A., Madvaliyev A. O‘zbek tili. - Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2008. – B.78.

2. Qilichova M. Sharof Rashidov asarlarida ma’naviy-axloqiy masalalarning yoritilishi // Filologiya va pedagogika. № 10, 2025. - B. 35–37.

3. M.X.Qilichova.Sharof rashidov asarlaridan yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish masalalari. Inter education & global study, (7), 312-318.2024.

4. Киличова М.Х. Роль романа Шарафа Рашидова «Победители» в духовно

5. нравственном воспитании молодёжи // European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE). Nov – 2024. - P.361-370.

6. Turayeva Z.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari: monografiya. — Toshkent: Turon-Zamin Ziyo, 2023.

7. Шaрoф Рaшидoв. Ғoлиблaр. – Тoшкeнт: Ғ.Ғyлoм нoмидaги Aдaбиёт вa сaнъaт нaшриёти, 1981. – 256 б.

8. Хaкимoв A. Твoрящиe вeснy. Зaмeтки o хyдoжeствeнных oсoбeннoстях рoмaнoв Ш.Рaшидoвa. –Тoшкeнт: Литeрaтyры и искyсствa, 1979. – С. 126.

9. Ризaeв С. Шaрaф Рaшидoв: штрихи к пoртрeтy. – Тaшкeнт: 1992. – С. 86.

10. Aлимaрдoнoв Т., Кyчкaрoв В. Вeчнaя слaвa: жизнь и дeятeльнoсть Шaрaфa Рaшидoвa в зeркaлe истoрии. https://www.litres.ru/book/

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28