O‘ZBEK VA INGLIZ MATBUOT DISKURSIDA QO‘LLANILGAN YURIDIK TERMINLARNING PRESUPPOZITSION VA IMPLIKATURA XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Oyshajon Usmonova Toshkent davlat yuridik universiteti Author

Kalit so‘zlar:

yuridik terminlar, presuppozitsiya, implikatura, matbuot diskursi, pragmatika, huquqiy til

Annotatsiya

Zamonaviy pragmalingvistika va diskurs tahlilida yuridik terminlarning kommunikativ imkoniyatlarini o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Matbuot diskursida qo‘llaniladigan huquqiy terminlar nafaqat axborot uzatish vositasi, balki yashirin ma’no, oldindan qabul qilingan bilimlar va kontekstual xulosalarni shakllantiruvchi pragmatik birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot o‘zbek va ingliz gazeta matnlarida qo‘llanilgan yuridik terminlarning presuppozitsion va implikatura xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida pragmatik, diskursiv va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek matbuotida yuridik terminlar asosan presuppozitsiyaga tayangan holda qo‘llanilib, o‘quvchining huquqiy fon bilimiga tayanadi, ingliz matbuotida esa implikatura orqali baholovchi va tanqidiy ma’no ustunlik qiladi. Ushbu farq milliy jurnalistika an’analari va huquqiy diskursning ijtimoiy funksiyasi bilan izohlanadi.

Iqtiboslar

1. Grice H.P. Logic and Conversation. Harvard University Press, 1975.

2. Tiersma P. Legal Language. Chicago, 1999.

3. G‘ulomova G.Y. O‘zbek yuridik terminologiyasining istiqlol davri taraqqiyoti. Diss. Toshkent, 2004.

4. Jumaniyozova N.A. O‘zbek tilida yuridik diskurs nominativ birliklari. Journal of Word Art, 2022.

5. Inson va qonun gazetasi, 2024-yil, №21.

6. Law Society Gazette, 12 January 2024.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28