1936–1950-YILLARDA XORAZM VILOYATI MATBUOTINING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MAFKURAVIY FUNKSIYALARI (URUSH VA URUSHDAN KEYINGI YILLAR MISOLIDA)

Mualliflar

  • Gulhayo Bobojanova Urganch davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Xorazm viloyati, mahalliy matbuot, “Xorazm haqiqati”, Ikkinchi jahon urushi, sovet mafkurasi, mehnat qahramonligi, ayollar mehnati, ijtimoiy mobilizatsiya, millatlararo birdamlik.

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada 1936–1950-yillar davomida Xorazm viloyatida faoliyat yuritgan mahalliy matbuot nashrlarining, xususan, “Xorazm haqiqati” gazetasining ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy va axborotiy funksiyalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davr sharoitida matbuotning aholini siyosiy va ma’naviy jihatdan safarbar etish, mehnat qahramonligi va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, davlat siyosatini omma ongiga singdirishdagi rolini ochib beradi. Gazeta sahifalarida yoritilgan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ayollar va o‘smirlar mehnati, millatlararo birdamlik hamda ko‘chirib keltirilgan aholiga oid materiallar tahlili orqali mahalliy matbuotning nafaqat axborot manbai, balki mafkuraviy boshqaruv vositasi sifatidagi o‘rni asoslab beriladi. Maqolada matbuot materiallari tarixiy manba sifatida baholanib, ularning jamiyatning ijtimoiy-siyosiy muhitini tiklashdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28