JAHON SIYOSATIDA ENERGETIK XAVFSIZLIK: NAZARIY VA KONSEPTUAL YONDASHUVLAR

Mualliflar

  • Malikaxon Minovvarova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Author

Kalit so‘zlar:

energetik xavfsizlik, jahon siyosati, energiya resurslari, xalqaro munosabatlar, milliy xavfsizlik, geosiyosiy raqobat, OPEC, neft inqirozi, strategik boshqaruv, mintaqaviy hamkorlik

Annotatsiya

Maqolada jahon siyosatida energetik xavfsizlikning nazariy-konseptual asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot energetik xavfsizlikni nafaqat iqtisodiy resurs, balki mustaqil siyosiy va geosiyosiy kategoriya sifatida ko‘rib chiqadi. Mazkur tushuncha globallashuv, geosiyosiy raqobat va davlatlararo o‘zaro bog‘liqlik sharoitida shakllangan bo‘lib, energiya resurslari milliy xavfsizlik, tashqi siyosat va strategik boshqaruvga bevosita ta’sir qiluvchi muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada energetik xavfsizlikning iqtisodiy, siyosiy-geosiyosiy va institutsional yondashuvlari, shuningdek, uning tarixi, OPEC siyosati, neft inqirozlari va transmilliy hamkorlik kontekstida o‘rni ko‘rib chiqiladi. Realistik, liberal va konstruktivistik paradigmalar yordamida energiya resurslarining xalqaro munosabatlardagi qudrat, hamkorlik va ziddiyat mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, energetik xavfsizlik mintaqaviy-geosiyosiy kontekstda, tranzit yo‘llari, infratuzilma va institutsional mexanizmlar orqali milliy va global xavfsizlikni ta’minlovchi markaziy strategik kategoriya sifatida ifodalanadi.

Iqtiboslar

1. Barton B., Redgwell C., Rønne A., Zillman D. Energy Security: Managing Risk in a Dynamic Legal and Regulatory Environment. – Oxford: Oxford University Press, 2004.

2. Belgrave R,. Ebinger Ch. K., Okino H. Energy Security to 2000 . – Aldershot: Gower, 1987.

3. Bielecki J. Energy security: is the wolf at the door? // Quarterly Review of Economics and Finance. – 2002. – Vol.42,. – Issue 2.

4. Brown M.A., Sovacool B.K. Climate Change and Global Energy Security: Technology and Policy Options. – Cambridge: MIT Press, 2011.

5. Cherp A., Jewell J. Energy Security, in:The Oxford Handbook of Energy Politics. Oxford University Press, 2014.

6. IEA. Energy Supply Security: The Emergency Response of IEA Countries 2014. – Paris: International Energy Agency, 2014.

7. Mukhammadolim Mukhammadsidiqov, & Abrar Turaev. (2020). The Influence Of The Energy Factor On Modern International Relations. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(12), 5–15. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume02Issue12-02

8. National Security Act of 1947. Public Law 80–253, United States Statutes at Large. – Washington D.C., 1947. – Sections.

9. World Energy Council. World Energy Resources: 2013 Survey. – London: World Energy Council, 2013.

10. Yergin D. Ensuring Energy Security // Foreign Affairs. – 2006. – Vol. 85. –No. 2.

11. Yergin D. The Prize: The Epic Quest for Oil, Money and Power. – New York: Free Press, 2006.

12. Yergin D. The Quest: Energy, Security, and the Remaking of the Modern World. – New York: Penguin Press, 2011.

13. Гафуров А.Р. Сущность категории "энергетическая безопасность" и ее место в общей структуре безопасности // Вестник МГТУ. – Том 13. –№1. – 2010.

14. Жизнин С.З. Энергетическая дипломатия России. – М., 2005.

15. Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. –Т.14. – Т.:Ўзбекистон, 2006.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28