INGLIZ TILIDAGI GIDROMETEOROLOGIK TERMINLAR SINONIMIYASI
Kalit so‘zlar:
Gidrometeorologiya, sinonimiya, terminologiya, ingliz tili, Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT), Gidrologiyaning xalqaro glossariysi, etimologiya, hududiy variantlar, neologizmlar, ilmiy muloqot, kasbiy tushunchalar.Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tili gidrometeorologiya terminologiyasidagi sinonimiya lisoniy hodisasi tadqiq etiladi. Unda sohada qo‘llaniladigan terminlarning etimologik kelib chiqishi, hududiy variantlari va konseptual nozik jihatlari (nyuanslari) o‘rganiladi. Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tomonidan nashr etilgan "Gidrologiyaning xalqaro glossariysi"ga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ingliz tilidagi 278 ta aniqlangan sinonimlarning taqsimlanishi va tasnifi tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro terminologiya va neologizmlarning tilga integratsiyalashuvi yoritilgan hamda soha mutaxassislari uchun aniq kasbiy tushunchalarni o‘zlashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Mazkur ish tobora globallashib borayotgan ilmiy muhitda suv va atmosfera haqidagi fanlar lug‘at boyligining murakkabligini tushunishda o‘ziga xos qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar
1. https://en.wikipedia.org/wiki/World_Meteorological_Organization
2. World meteorological Organization. International glossary of Hydrology -Geneva., 2012, p.461