INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ABSTRAKT OTLARNING QIYOSIY-SEMANTIK VA TARJIMAVIY XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Xudoynazar Abduraxmonov Qarshi davlat texnika universiteti Author

Kalit so‘zlar:

abstrakt ot, mavhumlik kategoriyasi, qiyosiy tahlil, struktur-semantik xususiyat, grammatik transformatsiya, konversiya, artikl kategoriyasi, tarjima ekvivalentligi, uslubiy xususiyat, pragmatik ma’no.

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida abstrakt otlarning struktur-semantik, grammatik hamda tarjimaviy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Abstrakt otlarning har ikki til tizimidagi o‘rni, ularning sanaladigan/sanalmaydigan shakllari, artikl kategoriyasi bilan munosabati, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi hamda konversiya jarayonidagi ishtiroki yoritiladi. Shuningdek, badiiy va publitsistik matnlar misolida abstrakt otlarning uslubiy va pragmatik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tarjima jarayonida mavhum tushunchalarning ekvivalentligi, sinonimik almashinuvi va grammatik transformatsiyalari tahlil qilinib, ikki til o‘rtasidagi tipologik farqlarning ifodalanish mexanizmlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarida abstrakt otlarning qo‘llanish qonuniyatlarini chuqurroq anglashga hamda tarjima amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar

1. G‘apporov M., Qosimova R., Ingliz tili grammatikasi, - Toshkent: Turon-Iqbol. 2019. – B.108.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar. 2010. – B. 108.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr.

4. Olov so‘zlar. She’rlar va hikoyalar. – Toshkent: Adabiyot. – B.253

5. Mengliyev B.R., Xoliyorov O‘., Abdurahmonova N., O‘zbek tilidan universal qo‘llanma, - Toshkent: Akademnashr, 2018, 6-nashr. – B.203.

6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, besh jildlik, 1-jild, tuzatilgan 2-nashri, – Toshkent: O‘zME, 2020, – B.493.

7. Olov so‘zlar. She’rlar va hikoyalar. – Toshkent: Adabiyot. – B.252.

8. Butayev Z., Inglizcha-o‘zbekcha o‘zbekcha-inglizcha lug‘at, – Toshkent: O‘zbekiston. 2018. – B.151.

9. Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи. 1980.

10. Ҳожиев А., Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати, – Тошкент: Ўқитувчи. 1974.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28