INGLIZ VA O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA “O‘GAY ONA” OBRAZINING LINGVOMADANIY TALQINI
Kalit so‘zlar:
o‘gay ona, lingvomadaniy tahlil, adabiy obraz, zamonaviy nasr, psixologik talqin, madaniy qadriyat.Annotatsiya
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz adabiyotida “o‘gay ona” obrazini lingvomadaniy yondashuv orqali tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ona va o‘gay ona obrazlari tarixiy, madaniy va psixologik kontekstlarda o‘rganilib, ularning ijtimoiy va madaniy stereotiplari aniqlangan. Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida o‘gay ona obrazining stereotipik va dramatik talqinlari qiyoslangan, hamda bu obraz orqali adiblar qanday ijtimoiy muammolarni ko‘tarishi va ularni qanday yechimlarga yo‘naltirishi tahlil qilingan. O‘gay ona obrazining psixologik xususiyatlari, uning ichki dunyosi, shaxsiy dramasi va ruhiy kechinmalari izohlangan. Maqolada o‘gay ona obrazining psixologik portreti, uning ichki kechinmalari, oila ichidagi munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, shuningdek, adiblar tomonidan ushbu obraz orqali yoritilgan ijtimoiy muammolar (yetimlik, oilaviy ziddiyatlar, ayollarga nisbatan ijtimoiy bosim, mehr va beparvolik o‘rtasidagi ziddiyatlar) tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada badiiy asar va hikoyalardagi o‘gay ona obrazining o‘zgarishi, uning psixologik va axloqiy jihatlari, til vositalari orqali ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchiga adabiy obrazlar orqali madaniy qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi, ingliz va o‘zbek adabiyotidagi oilaviy obrazlarni, ularning lingvokulturologik xususiyatlarini va madaniy qarashlarning adabiyotdagi aksini chuqurroq anglash imkonini yaratadi. Shuningdek, maqola madaniyatlararo qiyosiy adabiyotshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, matn lingvistikasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Iqtiboslar
1. Ahmad, S. “Ufq” Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. 1990 – 36 - 208 b.
2. Eshmatova Y.B. Istiqlol davri oʻzbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini. Fil. fan. nomz...diss. — Toshkent, 2020. — 167 b.
3. Imomov K. O‘gay qiz tipidagi turkum ertaklarning ayrim xususiyatlari. // O‘zbek tili va adabiyoti. — 2001. — №3. — B. 78–86.
4. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2005. — 228 b.
5. Jalolova F.N. “O‘gay ona” konseptining lingvomadaniy talqini (ingliz va o‘zbek xalq ertaklari misolida). Avtoreferat. — Toshkent, 2023. — 28 b.
6. Jo‘rayev, M. “O‘zbek xalq ertaklarida ayol obrazlari”. Toshkent: Fan nashriyoti. 2019 – 13 b.
7. Kaipbergenova D.O. Ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida “stepmother/o‘gay ona” konseptining farqli jihatlari.// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2023. — B. 261-266. www.oriens.uz
8. Malik, T. “Mehr manzaralari” [Hikoya]. 2013 – 17 b.
9. Nizomova I.R. “Ingliz va o‘zbek asarlarida “o‘gay ona” timsoli” Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan Архивы № 4 (57) / 2024 - JOURNAL.FLEDU.UZ https://journal.fledu.uz/uz/issue/4-57-2024/ 189-201 b.
10. Qodirov, P. “Avlodlar dovoni”. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”1981 – 126 b.
11. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — T.: O‘qituvchi, 2004. — 242 b.
12. Sattorova G.Y. Bugungi hikoyalarda ayol obrazi talqini // Scientific work (international scientific journal), 2020. No. 08/57. – P. 29–32. DOI: 10.36719/AEM/2007-2020/57/29-32
13. Umarbekov, O. “Gul sotuvchi qiz” [Hikoya]. 1975 – 46 b.
14. Susan Hill “I’m the king of the Castle” 1970 – 84 b.
15. Umarova F.B. Ingliz va oʻzbek nasrida ayol obrazining badiiy tasviri // Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2022, No. 3 (44). – P. 155-166. https://journal.fledu.uz ISSN: 2181-8215
16. Yozdonqulova O.Z. Ingliz va oʻzbek nasrida ayol obrazining badiiy tasviri //A cademic Research in Educational Sciences, 2023. 4(12). – B. 65–72. https://t.me/ares_uz