NUTQ AKTLARI NAZARIYASIDA DIREKTIVLIK VA XUSHMUOMALILIK MUAMMOSI: ANTROPOTSENTRIK TAHLIL
Kalit so‘zlar:
nutq aktlari, xushmuomalalik (politesse), pragmatika, antropotsentrik yondashuv, direktiv nutq aktlari, indirektlik strategiyalari, kommunikativ vaziyatAnnotatsiya
Mazkur maqolada nutq aktlari nazariyasi doirasida xushmuomalalik (politesse) konsepti fransuz tilidagi misollar asosida keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot antropotsentrik yondashuvga tayangan holda tilni insonning kognitiv, ijtimoiy va kommunikativ faoliyati bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida talqin etadi. Nutq aktlari nazariyasining asosiy tushunchalari, xususan lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlar xushmuomalalik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa direktiv nutq aktlarining (buyruq, iltimos, taklif, maslahat) pragmatik xususiyatlari va ularning xushmuomalilik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda fransuz tilida xushmuomalalikning ko‘pincha indirektlik, modal fe’llar va shart mayli orqali ifodalanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari nutq aktlari nazariyasi xushmuomalalikni o‘rganishda samarali metodologik asos ekanligini tasdiqlaydi.
Iqtiboslar
1. Austin J. L. How to Do Things with Words. — Oxford: Oxford University Press, 1962. — 166 p.
2. Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. — Cambridge: Cambridge University Press, 1987. — 345 p.
3. Kerbrat-Orecchioni C. Les interactions verbales. Tome II. — Paris: Armand Colin, 1992. — 352 p.
4. Leech G. N. Principles of Pragmatics. — London; New York: Longman, 1983. — 250 p.
5. Levinson S. C. Pragmatics. — Cambridge: Cambridge University Press, 1983. — 420 p.
6. Searle J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. — Cambridge: Cambridge University Press, 1969. — 203 p.
7. Wunderlich D. Arbeitsbuch Semantik. — Königstein: Athenaum Verlag, 1980. — 310 p.
8. Mahmudov N. Nutq madaniyati va uslubiyat masalalari. — Toshkent: Fan, 2007. — 160 b
9. Yo‘ldoshev M. Matn va uning pragmatik talqini. — Toshkent: Akademnashr, 2014. — 180 b.