TALABALARNING AKADEMIK MOBILLIGI (ALMASHINUV) VA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Musallam Safarova Navoiy davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

akademik mobillik, talaba almashinuvi, madaniyatlararo muloqot, kompetensiya, globallashuv, ta’lim tizimi, kommunikativ ko‘nikmalar.

Annotatsiya

Ushbu maqolada talabalarning akademik mobilligi jarayoni hamda uning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Akademik almashinuv dasturlari orqali talabalar turli mamlakatlarning ta’lim tizimi, madaniyati va ijtimoiy muhitini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayon ularning kommunikativ qobiliyatlarini, tolerantlik va global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Maqolada akademik mobillikning asosiy yo‘nalishlari, uning ta’lim sifati va shaxsiy rivojlanishga ta’siri hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan.                                                                              

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga oid me’yoriy hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2022.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2019.

4. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillikni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 163-son qarori .

6. Mingboyeva, T. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida akademik mobillik modelini joriy etish texnologiyasi. Modern Science and Research,3(5),1385–1388. 2024.

7. Qodirov, S. Q. Xalqaro talaba almashinuvi va akademik integratsiyaning afzalliklari. Obrazovanie Nauka i Innovatsionnye Idei v Mire.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-03-05