AUTIZM SPEKTRI BUZILGAN BOLALARDA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANGANLIK DARAJASINI TEKSHIRISH
Kalit so‘zlar:
autizm spektri buzilishi, kommunikatsiya, verbal, noverbal, ijtimoiylashuv, xulq-atvor, sharhlash, axborot berish, hissiy holat.Annotatsiya
Ushbu maqolada autizm spektri buzilgan bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini aniqlash va baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida 4–5 yoshdagi autizm spektri buzilishiga ega bo‘lgan bolalarda verbal va noverbal kommunikativ vositalar, asosiy kommunikatsiya vazifalari hamda ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar eksperimental usullar orqali o‘rganildi. Eksperiment uch bosqich – tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlarda tashkil etilib, bolalarning muloqotga kirishish, suhbatni davom ettirish, ijtimoiy javob reaksiyalari, hissiyotlarni ifodalash va ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari autizm spektri buzilgan bolalarning aksariyatida kommunikativ ko‘nikmalar past darajada shakllanganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, ayrim bolalarda muloqot jarayonida exolaliya, ko‘z bilan aloqa qilishdagi qiyinchiliklar, hissiy reaksiyalarning sustligi hamda ijtimoiy o‘zaro ta’sirning cheklanganligi kuzatildi. Olingan natijalar autizm spektri buzilgan bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun maxsus korreksion-pedagogik metodlar va individual yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning zarurligini ko‘rsatadi.
Iqtiboslar
1. Kanner L. Autistic disturbances of affective contact // Nervous child. - 1943. -Vol.2.-pp.
2. Гилберт К., Питерс Т. Аутизм: Медицинское и педагогическое воздействие: Книга для педагогов-дефектологов / Пер. с англ. О.В. Деряевой; под науч. ред. Л.М. Шипицыной; Д.Н. Исаева. - М.: Владос, 2002.-144 с.
3. Лебединская К.С., Никольская О.С. Диагностика раннего детского аутизма. - М.: Просвещение, 1991. - С. 21 - 25.
4. Морозова С.А. Детский аутизм и основы его коррекции (материалы к спецкурсу). - М.: СигналЪ, 2002. - 108 с.
5. Морозова С.С. Развитие речи у аутичных детей в рамках поведенческой терапии. Аутизм: Методические рекомендации по коррекционной работе./ Под ред. С.С. Морозова. - М., 2002. - С. 120-151.
6. Никольская О.С., Баенская Е.Р., Либлинг М. М., Костин I.А., Веденина М.Ю., Аршатский А.В., Аршатская О.С. Дети и подростки с аутизмом. Психологическое сопровождение. Теревинф Москва. 2005. 106-111
7. Питерс Т. От теоретического понимания к педагогическому воздействию: Книга для педагогов-дефектологов / Пер. с англ. М.М. Щербаковой; под науч. ред. Л.М. Шипицыной; Д.Н. Исаева. - М.: Владос, 2002. - 240 с.
8. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/6736/file/SitAnuz.pdf.pdf