MUHANDIS-DASTURCHILAR KASBIY TAYYORGARLIGIDA RAQAMLI KOMPETENTLIKNING O‘RNI VA TUZILMASI

Mualliflar

  • Maksetbay Mambetniyazov Innovatsion texnologiyalar universiteti Author

Kalit so‘zlar:

raqamli kompetentlik, muhandis-dasturchi, kasbiy tayyorgarlik, dasturiy injiniring, kompetensiya modeli, raqamli xavfsizlik, raqamli hamkorlik, testlash, loyiha faoliyati, oliy ta’lim.

Annotatsiya

Mazkur maqolada muhandis-dasturchilar kasbiy tayyorgarligida raqamli
kompetentlikning o‘rni, mazmuni va tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida dasturiy injiniring, axborot tizimlari va kompyuter fanlari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan faqat kod yozish ko‘nikmasi emas, balki ma’lumotlar bilan ishlash, raqamli hamkorlik, kontent yaratish, xavfsizlik, texnologik muammoni hal etish, loyiha boshqaruvi, testlash, sifat nazorati, etik mas’uliyat va uzluksiz o‘rganish kompetensiyalari ham talab etilayotgani asoslanadi. Maqolada xalqaro va milliy manbalar asosida raqamli kompetentlikning umumiy va kasbiy ko‘rinishlari o‘rtasidagi farq ochib beriladi, DigComp 2.2, SE2014, CC2020, dasturiy injiniring kompetensiyalari bo‘yicha sistematik tadqiqotlar hamda muhandislik ta’limiga doir empirik xulosalar tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi asosida muhandis-dasturchilar uchun moslashtirilgan integrallashgan kompetensiya modeli taklif etiladi. Maqolada, shuningdek, mazkur kompetensiyani shakllantirishning didaktik mexanizmlari, baholash mezonlari va ta’lim dasturlariga tatbiq etish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida: PF-5847-son Farmon, 2019-yil 8-oktabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-4851-son Qaror, 2020-yil 6-oktabr.

3. Vuorikari R., Kluzer S., Punie Y. DigComp 2.2: The Digital Competence Framework for Citizens. Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2022. 278 p.

4. ACM, IEEE Computer Society. Software Engineering 2014: Curriculum Guidelines for Undergraduate Degree Programs in Software Engineering. New York; Los Alamitos: ACM; IEEE CS, 2015. 134 p.

5. ACM, IEEE Computer Society. Computing Curricula 2020: Paradigms for Global Computing Education. New York; Los Alamitos: ACM; IEEE CS, 2020. 203 p.

6. Assyne N., Amyot D., Mussbacher G., Ghanavati S. The state of research on software engineering competencies: A systematic mapping study // Journal of Systems and Software. 2022. Vol. 191. Art. 111344.

7. Borges G. G., de Souza M. R., Reis R. Q., Isotani S. Skills development for software engineers: Systematic literature review // Information and Software Technology. 2024. Vol. 168. Art. 107409.

8. Spante M., Sofkova Hashemi S., Lundin M., Algers A. Digital competence and digital literacy in higher education research: Systematic review of concept use // Cogent Education. 2018. Vol. 5, No. 1. Art. 1519143.

9. Zhao Y., Pinto Llorente A. M., Sánchez Gómez M. C. Digital competence in higher education research: A systematic literature review // Computers & Education. 2021. Vol. 168. Art. 104212.

10. Heuling L. S., Wild S., Vest A. Digital Competences of Prospective Engineers and Science Teachers: A Latent Profile and Correspondence Analysis // International Journal of Education in Mathematics, Science and Technology. 2021. Vol. 9, No. 4. P. 760–782.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-03-29