O‘ZBEK VA XITOY TILLARIDA FE’L TRANSPOZITSIYASINING TIPOLOGIK FARQLARI
Kalit so‘zlar:
fe’l transpozitsiyasi, transpozitsiya nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, grammatik tipologiya, o‘zbek tili, xitoy tili, agglutinativ til, izolyativ til, konversiya, nol shaklli transpozitsiya, otlashuv.Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va xitoy tillarida fe’l transpozitsiyasining tipologik xususiyatlari qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganiladi. Tadqiqotda transpozitsiya tushunchasining g‘arb va rus tilshunosligidagi nazariy talqinlari tahlil qilinib, ushbu yondashuvlarning turli tipologik tuzilishga ega bo‘lgan tillarga tatbiq etilish imkoniyatlari baholanadi. Xususan, HindYevropa tillariga xos bo‘lgan morfologik transpozitsiya va affiksatsiya asosidagi yondashuvlar agglutinativ va izolyativ tuzilishga ega tillarda bir xil darajada qo‘llanilmasligi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Natijada o‘zbek va xitoy tillarida fe’l transpozitsiyasi turli tipologik mexanizmlar orqali amalga oshishi, ya’ni o‘zbek tilida morfologik, xitoy tilida esa sintaktikfunksional xarakterga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, grammatik tipologiya, tarjima nazariyasi hamda xitoy va o‘zbek tillarini o‘qitish metodikasi uchun muhim nazariy ahamiyatga ega.
Iqtiboslar
1. Abduazizov A.A. O‘zbek tilining grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
2. Rahmatullayev R. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2008.
3. Mahmudov O. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006.
4. Solntsev V.M. Типология китайского языка. – Москва: Наука, 1995.
5. Vinogradov V.V. Русский язык. Грамматическое учение о слове. – Москва: Высшая школа, 1972.
6. Bondarko A.V. Функциональная грамматика. – Ленинград: Наука, 1991.
7. Gak V.G. Сопоставительная лексикология. – Москва: Международные отношения, 1977.
8. Lü Shuxiang (吕叔湘). 现代汉语八百词. – 北京: 商务印书馆, 1980.
9. Li Jinxi (黎锦熙). 新著国语文法. – 北京: 商务印书馆, 1954.
10. Gao Mingkai (高名凯). 汉语语法论. – 北京: 科学出版社, 1963.
11. Yuan Yulin (袁毓林). 现代汉语词类问题研究. – 北京: 商务印书馆, 2004.
12. Pan Wuyun (潘悟云). 汉语历史音韵学. – 上海: 上海教育出版社, 1997.
13. He Leshi (何乐士). 现代汉语语法研究. – 北京: 商务印书馆, 2000.