BO‘LAJAK MUHANDISLARNING UMUMTEXNIK KOMPETENTLIGINI TALQIN QILISHNING ZAMONAVIY NAZARIY ASOSLARI
Kalit so‘zlar:
Umumiy texnik kompetentlik, kompetensiya, kompetentlik, axborot kompetensiya, texnik kompetensiya, tadqiqot kompetensiya, liderlik kompetensiyasi.Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning umumtexnik kompetentligini talqin qilish jarayonida “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining mazmun-mohiyati chuqur o‘rganildi hamda ular umumtexnik kompetentlikni yoritishning nazariy-metodik asosiga tatbiq etildi. Tadqiqotda umumiy texnik kompetentlikning konseptual mazmuni metaforik “uy modeli” asosida sharhlab berildi. Mazkur modelga ko‘ra, umumtexnik kompetentlikni tashkil etuvchi asosiy kompetensiyalar - axborot kompetensiyasi, texnik kompetensiya, tadqiqot kompetensiyasi va liderlik kompetensiyasi - yagona tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Har bir komponentning muhandislik faoliyatidagi roli, funksional o‘rni va o‘zaro integratsiyalovchi mexanizmlari ilmiy tahlil asosida asoslab berildi. Tadqiqot natijalari umumtexnik kompetentlikni ko‘p komponentli, integrativ va funksional jihatdan uyg‘un tizim sifatida talqin qilish zarurligini ko‘rsatadi hamda bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvning metodik ahamiyatini ochib beradi.
Iqtiboslar
1. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan.dokt. ... diss. Avtoreferati. ˗T., 2007. 46-b.
2. Вербицкий А.А., Личностный и компетентностный подходы в образовании: проблемы интеграции / 2009 г. – 336 с.
3. Равен Дж., Педагогическое тестирование: проблемы, решения, перспективы / Дж. Равен; пер. с англ. - 2-е издание, ред. - М.: Когито-Центр, 1999. - 144с.
4. Хуторской А.В., Системно-деятельностный подход в обучении: научно-методическое пособие / А. В. Хуторской. – М. : Эйдос, 2012. – 62 с.
5. Татур Ю.Г., Компетентность в структуре модели качества подготовки специалиста / Ю.Г. Татур. – М.: Высшее образование сегодня, 2004. – № 3. – С. 20–26.
6. Петлина Т.П., Возможности формирования политехнической компетенции студентов агроинженерных специальностей в процессе общетехнической подготовки / Т.П. Петлина // Вестник ФГОУ ВПО МГАУ им. В.П. Горячкина. – 2008. – № 6-2. – С. 83–86.
7. Qo‘ysinov O.A., Kompetentli yondаshuv аsosidа boʼlаjаk oʼqituvchilаrning kаsbiy-pedаgogik ijodkorligini rivojlаntirish texnologiyalаri.: ped. fan. dokt. (DSc) diss. – Tosh.: 2018 – 17-b.
8. Urazova M.B., Bo‘lajak kasb ta’lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish: Ped.(DSc) diss. Av-ref.-2015.-78 b.
9. Glossary of labor market terms, standards development, educational programs and curricula. – Turin: European Training Foundation, 1997. – 160 c.
10. Советский энциклопедический словарь / под ред. А. М. Прохорова. –4-е изд. – М. : Сов. Энциклопедия, 1986. – 1600 с.
11. Parmonov A.A. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda axborot-texnik ko‘nikmalarining roli // Kasb-hunar ta’limi. – 2021, №2. –B. 54-57. Ilmiy-uslubiy amaliy, ma’rifiy jurnal. (13.00.00 №19).