“BULG‘ATIL MUSHTAQ” ASARINING PARIJ VA KASTOMONU NUSXALARI QIYOSIY TAHLILI

Mualliflar

  • Barchinoy G‘aniyeva Namangan davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Mamluk-Qipchoq davlati, Bulg‘atil mushtaq, Parij nusxasi, Kastamonu nusxasi, qipchoq tili, qo‘lyozma, qiyosiy tahlil, leksik birliklar, struktur tuzilish, tarixiy leksikologiya.

Annotatsiya

Mazkur maqola Jamoliddin at-Turkiy tomonidan XIV asrda yaratilgan “Kitabu Bulg‘atil mushtaq fi lug‘at at-turk val qifchaq” qo‘lyozmasining Parij va Kastamonu nusxalarini qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda har ikki nusxaning sahifa tuzilishi, yozuv xususiyatlari, bob va fasllar tarkibi hamda leksik materiallari tahlil qilinadi. Qiyosiy tahlil jarayonida qo‘lyozmaning Parij nusxasida mavjud bo‘lmagan ayrim bob va fasllar Kastamonu nusxasida saqlanib qolganligi, shuningdek Parij nusxasida uchraydigan ba’zi qismlar esa Kastamonu nusxasida mavjud emasligi aniqlangan. Har ikki nusxadagi materiallarni birgalikda tahlil qilish natijasida qo‘lyozmaning umumiy tarkibi aniqroq tiklanib, asarda jami 8 ta yirik bob va 62 ta fasl mavjudligi belgilandi.Mazkur natijalar qo‘lyozmaning struktur tuzilishini yaxlit holda tasavvur qilish imkonini beradi hamda asarning leksik tarkibini o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot turkiy tillarning tarixiy leksikologiyasi va qipchoq turkchasi materiallarini o‘rganish uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Iqtiboslar

1. Al-Türk G.Kitābu bulġatu’l-muştāḳ fī luġati’t-Turk wa’l-Qifčāḳ üzerine dil incelemesi: doktora tezi. – Ankara: Gazi Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2012.

2. Dadaboyev X., Xolmanova Z.Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015.

3. G‘aniyeva B.“Kitabu bulg‘atil mushtaq fi lug‘at at-turk val qifchaq” yozma obidasi: fe’llar bobi // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – 2025. – № 2. – B. 481–485.

4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.Birinchi jild. – Toshkent, 2000.

5. Waldman C., Mason C.Encyclopedia of European peoples. – New York, 2006.

6. Zajączkowski A.Vocabulaire arabe-kiptchak de l’époque de l’état mamelouk: Bulġat al-muštāq fī luġat at-Turk wa-l-Qifžāq. II partie: le verbe. – Warszawa: Państwowe Wydawnictwo Naukowe, 1954.

7. Zajączkowski A.Vocabulaire arabe-kiptchak de l’époque de l’état mamelouk: Bulġat al-muštāq fī luġat at-Turk wa-l-Qifžāq. I partie: le nom. – Warszawa: Państwowe Wydawnictwo Naukowe, 1958.

8. Гайнутдинова Г. Р.Историко-лингвистический анализ турко-татарского письменного памятника XIV века Джамал ад-Дина ат-Турки “Китабу булгат аль-Муштак фи лугат ат-Турк ва-ль-Кифчак”: дис. … канд. филол. наук. – Казань: Казанский государственный университет, 2005.

9. Файзуллаева Ш.Исследование языка памятника XIV в. “Китабу булг‘ат ал-муштак фи луг‘ат ат-Турк ва-ль-Кифчак” Джамал ад-Дина ат-Турки: дис. … канд. филол. наук. – Ташкент: Ташкентский государственный университет, 1969.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-07