MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI
Kalit so‘zlar:
inson resurslarini boshqarish kompetensiyalari, maktabgacha ta’lim, direktor, boshqaruv modeli, qo‘shilgan qiymat, HR-Analytics, pedagogik jamoa.Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining inson resurslarini boshqarish kompetensiyalarini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – direktorlarning strategik, operatsion, kommunikativ, psixologik-pedagogik va innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli modelni yaratish va uning samaradorligini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Model tizimli-strukturaviy va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida loyihalanib, maqsadli, mazmuniy, jarayonli va natijaviy bloklarning o‘zaro uzviy aloqasini ta’minlaydi. Jarayonli blok diagnostika va ehtiyojlarni aniqlash, kognitiv-ta’limiy tayyorgarlik, amaliyotga joriy etish, monitoring va refleksiya bosqichlaridan iborat. Tadqiqotda qo‘shilgan qiymat (Value-Added) va HR-Analytics yondashuvlari asosida direktorlarning boshqaruv kompetensiyalarini baholashning diagnostik tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda strategik-tahliliy, funksional-boshqaruv, ijtimoiy-psixologik va innovatsion-pedagogik mezonlar hamda ularning indikatorlari belgilangan. Model samaradorligi individual, jamoaviy va ijtimoiy-institutsional darajalarda baholanadi. Maqola materiallaridan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, ta’lim menejmenti sohasidagi mutaxassislar, malaka oshirish institutlari o‘qituvchilari va ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Iqtiboslar
1. Kanter RM Strategik inson resurslarini rejalashtirish va boshqarish uchun chegaralar //Inson resurslarini boshqarish. – 1983. – T. 22. – №. 1‐2. – S. 9-21.
2. Ostrom, E. Governing the Commons: The Evolution of Institutions for Collective Action. Cambridge University Press, 1990
3. Шадриков В.Д. Педагогическая компетентность психологии. Москва: ВЛАДОС, 2002.
4. Zeyer, A.F. Professional formation concept and professional competencies development // Revista ESPACIOS, Vol. 38 (№ 25), 2017.
5. Bertalanffy, L. von. General System Theory: Foundations, Development, Applications. New York: George Braziller, 1968.
6. Suvorova G., Baranovskaya T. Systemic Genesis Approach in Psychology. Journal of Language and Education, 2(2), 2016, s. 68–77.
7. Nuriddinovna Q. S. Taʼlim tashkiloti rahbarlarining mehnat salohiyati komponentlari // Central Asian Journal of Education and Innovation. – 2024. – Т. 3. – №. 9. – С. 66-68.